So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  4 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

ECHL. CHorshanba kungi qahramonlar FOTO Yangiliklar

ECHL. CHorshanba kungi qahramonlar FOTO

Tunda Evropa chempionlar ligasida o'zini ko'rsatgan 8 nafar qahramonni sizlarga taqdim etamiz.



"SHaxtyor" - PSJ 0:3
Qahramon:
Ham himoyada, ham hujumda yaxshi o'ynagan David Luiz shu kuni Doneck klubi darvozasiga gol urdi.


"Malme" - "Real Madrid" 0:2
Qahramon
: SHveciyada dublga erishgan Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 500 va 501-gollarini urdi. Bundan tashqari u Madrid klubi safida o'zining gollari sonini 323ta etkazib olib mutloq rekordchi Raulga etib oldi.


"Manchester Yunayted" - "Volfsburg" 2:1
Qahramon:
Xuan Mata birinchi bo'limda penaltidan gol urdi va ikkinchi bo'limda Kris Smollingga fantastik golli pas uzatdi.


CSKA - PSV 3:2
Qahramon:
Afrikalik Seydu Dumbiya Gollandiya klubiga qarshi bahsda ikkita gol urdi. U xet-trik ham qayd etishi mumkin edi, biroq ikkinchi penaltini noaniq tepdi.


"Astana" - "Galatasaroy" 2:2
Qahramon:
Qozog'iston klubi ilk bor ECHL guruh bosqichida ochko oldi. "Astana" klubi safida kolumbiyalik Roxer Kanyas 89-daqiqada qahramonga aylandi. Aniqrog'i aynan uning zarbasidan so'ng "Galatasaroy" himoyachisi o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 2:2.


"Atletiko" - "Benfika" 1:2
Qahramon:
"Benfika" vakili Nikolas Gaytan birinchi bo'limda "Atletiko" darvozasiga to'p kiritdi. Ikkinchi bo'limda aynan uning pasidan so'ng g'alaba to'pi kiritildi.


"Borussiya M" - "Manchester Siti" 1:2
Qahramon:
Mehmonlar hujumchisi Serxio Aguero o'yinning 90-daqiqasida o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalanib "Siti"ga g'alaba keltirdi.


"Yuventus" - "Sevilya" 2:0
Qahramon:
ECHL finalchisi o'z maydonida "Sevilya"ni mag'lub etdi. Turin klubi hujumchisi ispaniyalik Alvaro Morata ECHLda ketma-ket beshinchi o'yinda ham gol urib Alessandro Del Peroning natijasini takrorladi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика