So’nggi yangiliklar

01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  0 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  4 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  4 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  79 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  84 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24

ECHL. "CHelsi" Londonda zor yig'lagan kecha: "Real" yana yarim finalda! Yangiliklar

ECHL. "CHelsi" Londonda zor yig'lagan kecha: "Real" yana yarim finalda!

ECHLning 1/4 finalidan o'rin olgan "CHelsi" - "Real" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "CHelsi" - "Real Madrid" 0:2

Gollar: Rodrigo (Vinisius Junior) 58', Rodrigo (Federiko Valverde) 80'

"CHelsi": 1. Kepa Arrisabalaga, 33. Uesli Fofana, 6. Tiago Silva, 14. Trevo SHaloba, 24. Ris Jeyms, 8. Mateo Kovachich, 5. Enco Fernandes (17. Raxim Sterling 67'), 7. N'Golo Kante, 32. Mark Kukurelya (15. Mixail Mudrik 68'), 23. Konor Gallaxer (11. Juan Feliks 67'), 29. Kay Xaverc (19. Meyson Maunt 77').

Zaxira: 16. Eduar Mendi, 10. Kristian Pulishich, 12. Ruben Loftus-CHik, 20. Denis Zakariya, 22. Xakim Ziesh, 28. Sesar Aspilikueta, 30. Karni CHukvuemeka, 67. Levis Hall.

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal (6. Nacho Fernandes 81'), 3. Eder Militao, 4. David Alaba (22. Antonio Ryudiger 46'), 12. Eduardo Kamavinga, 15. Federiko Valverde, 8. Toni Kroos (19. Dani Sebalos 76'), 10. Luka Modrich, 21. Rodrigo (11. Marko Asensio 82'), 9. Karim Benzema (18. Orelen Tchuameni 71'), 20. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 5. Xesus Valexo, 7. Eden Azar, 16. Alvaro Odriosola, 17. Lukas Vaskes, 24. Mariano Dias, 26. Luis Lopes.

Ogohlantirishlar: Eder Militao 22', Mark Kukurelya 34', Ris Jeyms 50', Mixail Mudrik 89'

Chelsea

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

19/04/2023, 01:00

2
:
0
Tugadi

Real Madrid

Rodrygo - 58', Rodrygo - 80'

Stadion: Stamford Bridge, 39453 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
34'  Marc Cucurella
50'  Reece James
67'  Conor Gallagher (Joao Felix)
67'  Enzo Fernandez (Raheem Sterling)
67'  Marc Cucurella (Mykhaylo Mudryk)
77'  Kai Havertz (Mason Mount)
89'  Mykhaylo Mudryk
22'  Eder Militao
46'  David Alaba (Antonio Ruediger)
58'  Rodrygo
58'  Vinicius Junior
71'  Karim Benzema (Aurelien Tchouameni)
76'  Toni Kroos (Daniel Ceballos)
80'  Rodrygo
80'  Federico Valverde
81'  Rodrygo (Marco Asensio)
81'  Daniel Carvajal (Nacho Fernandez)


90+3. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Mudrik Kurtua bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, biroq noaniq tepdi.

84. Valverde to'pni raqibdan olib qo'yib markazga berdi, biroq Kepa ushlab oldi.

82. "Real" hujumlar qilishda tinmayapti.

Vinisius o'ziga uzatib berilgan to'p bilan chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, to'pni markazga - Valverdega uzatdi, Fede esa to'pni Rodrigoga berdi, braziliyalik dubl qayd etdi!

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rodrigo barchasiga nuqta qo'ydi!

74. Vinisius raqib himoyachilaridan qochib oldinga yurish qildi, biroq yakunda baribir to'pni oldirib qo'ydi.

65. Maydon egalari hujumda faol.

60. "CHelsi" uchun missiya yanada qiyinlashib ketdi. Xo'sh, bu vaziyatdan londonliklar chiqib keta olisharmikin?

Rodrigo o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, to'pni markazroqqa uzatdi, Vinisius to'pni qayta Rodrigoga uzatdi, braziliyalik futbolchi darvozani ishg'ol qildi!

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rodrigo uchrashuvda hisobni ochdi!

55. Enconing zarbasi noaniq bo'ldi.

52. Kantening yaqin masofadan yo'llagan zarbasi Militaoga tegib, maydonni tark etdi.

50. Bahsning ikkinchi qismida ham o'yin ancha faollik bilan boshlandi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+1. Kukurelya chamasi 3 metr masofadan darvozaga zarba berdi, uni Kurtua super seyv qilib qaytardi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. Modrichning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Vinisius zarba bera olmadi.

37. Maydonda bosim yuqori, futbolchilar har bir harakatga kuchli emociya bilan yondoshmoqda.

32. Modrichning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Kepa qaytarib yubordi.

30. O'tgan yarim soatlikka qaraydigan bo'lsak qo'shni o'yin - "Napoli" - "Milan" uchrashuvi qiziqarli kechayotganga o'xshaydi. Ushbu o'yin MATNLI TRANSLYACIYAsini mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

20. Rodrigoning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.

16. Mezbonlar maydonda ustunlik qilishmoqda. "Real" qarshi hujumga o'tib ketishini kutmoqda. 

11. Kante juda qulay vaziyatdan darvozaga zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.

5. Bahsning dastlabki daqiqalari faol boshlandi. Ikki jamoa ham hujumlar tashkil qilish harakatida.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика