So’nggi yangiliklar

10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  1 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  1 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  10 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  6 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  8 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  7 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0

ECHL. Bugun 2-tur start oladi. "Real" Moskvada mehmon va boshqa o'yinlar Yangiliklar

ECHL. Bugun 2-tur start oladi. "Real" Moskvada mehmon va boshqa o'yinlar

Bugun Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan dastlabki 8ta o'yin bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan soat 21:55da ikkita o'yin boshlanadi.

Zinsxaymda tarixda birinchi marta Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi o'yini bo'lib o'tadi. O'tgan tur safarda guruh bosqichida debyut qilgan "Xoffenxaym" bugun o'z muxlislari qarshisida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Gvardiola boshchiligidagi "Siti" birinchi turda o'z uyida sensacion tarzda "Lion"ga yutqaqzib qo'ygandi. Naggelsman shogirdlari esa Ukrainada "SHaxtyor" bilan durang o'ynab qaytgandi - 2:2.

"Yuventus" bugun o'z maydonida SHveycariya chempionini qabul qiladi. O'tgan turda qizil kartochka olgan Krishtianu Ronaldu bu tur dam oladi. Mazkur bahsni rossiyalik Sergey Karasev boshqarib boradi.

Toshkent vaqti bilan soat 23:55da esa qolgan 6ta uchrashuvga start beriladi.

"Old Trafford"da "Valensiya" mehmon bo'ladi. So'nggi paytlarda muammolar girdobiga kirib qolgan MYU bugun g'alaba qozona olmasa Mourino o'ziga yangi ish qidirishni boshlashi hech gap emas.

Dastlabki tur sensaciyasi sohibi bo'lgan "Lion" bu tur o'z maydonida "SHaxtyor" bilan kuch sinashadi.

Evropa chempionlar ligasining amaldagi sohibi Madridning "Real" klubi bugun Moskvada CSKA mehmoni bo'ladi. Lopetegi bugun Marselo, Isko, Beyl va Serxio Ramos kabi futbolchilar xizmatidan foydalana olmaydi.

Rimdagi "Olimpiko" stadioniga CHexiyaning "Viktoriya" klubi tashrif buyuradi. Italiya A seriyasida ishi yurishmayotgan "bo'rilar" bugun g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilishadi. ECHL 1-turida jamoa Madriddan 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgan edi.

Bundesliganing o'tgan turida mavsumdagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib olgan "Bavariya" bugun "Ayaks"ni qabul qiladi. Myunxenliklar safida Rafinya, Koman va Tolisso kabi futbolchilar maydonga tusha olishmaydi.

Nihoyat bugungi kunning eng so'nggi uchrashuvi Greciyada o'tkaziladi. Afinada AEK Portugaliyaning "Benfika" klubini mehmon qiladi.


TAXMINIY TARKIBLAR


XOFFENXAYM - MANCHESTER SITI
2 oktyabr. Zinsxaym. "Reyn-Nekkar-arena". 21:55.
Bosh hakam - 
Damir Skomina (Sloveniya).

"Xoffenxaym": Baumann; Akpoguma, Xoogma, Posh; Kaderjabek, Grillich, SHulc; Demirbay, Bittenkur; Joelinton, Kramarich
O'ynamaydi: Nuxu, Xyubner, Nordtveyt, Amiri, Fogt
So'roq ostida: Bichakchich

"Man Siti": Ederson; Uoker, Stounz, Lyaport, Delf; Bernardu Silva, Fernandino, Gyundogan; Maxrez, Aguero, Sterling
O'ynamaydi: Mendi, de Breyne, Mangalya


YUVENTUS - YANG BOYZ
2 oktyabr. Turin. "Alyanc Stedium". 21:55.
Bosh hakam
- Sergey Karasev (Rossiya).

"Yuventus": SHensni; Kanselu, Bonuchchi, Bardzali, Aleks Sandro; Emre Djan, Pyanich, Matyuydi; Bernardeski, Mandjukich, Dibala
O'ynamaydi: Ronaldu, De SHilo
So'roq ostida: Xedira, Duglas Kosta

"Yang Boyz": fon Ballmoos; SHik, fon Bergen, Kamara, Benito; Fassnaxt, Sou, Sanogo, Suleymani; Assale, Oaro
O'ynamaydi: Teysheyra, Mbabu
So'roq ostida: Sou



MANCHESTER YUNAYTED - VALENSIYA
2 oktyabr. Manchester. "Old Trafford". 23:55.
Bosh hakam -
Slavko Vinchich (Sloveniya).

"MYU": de Xea; Dalot, Beyi, Lindelef, SHou; Fred, Matich, Pogba; Lingard, Lukaku, Sanches
O'ynamaydi: Roxo

"Valensiya": Neto; Pichchini, Gabriel, Garay, Gayya; Soler, Parexo, Kondogbia, Gedesh; Rodrigo, Gameyro
So'roq ostida: Santi Mina, Torres


LION - SHAXTER
2 oktyabr. Lion. "Stad-de-Lion". 23:55.
Bosh hakam -
Andris Treymanis (Latviya).

"Lion": Lopesh; Dyubua, Marselo, Denayer, Marsal; Mendi, Ndombele, Auar; Traore Fekir, Depay
O'ynamaydi
: Guyri, Tete, Terre

"SHaxter": Pyatov; Matvienko, Krivcov, Rakickiy, Ismaili; Maykon, Stepanenko; Marlos, Tayson, Fernando; Junior Moraes
O'ynamaydi: Ordec, Dentino
So'roq ostida: Vellington Nem




CSKA - REAL MADRID
2 oktyabr. Moskva. "Lujniki". 23:55.
Bosh hakam - 
Ovidiu Alin Xecegan (Ruminiya).

CSKA: Akinfeev; Fernandes, Bekao, CHernov, Nababkin; Biyol, Axmetov; Vlashich, Dzagoev, Oblyakov; CHalov
O'ynamaydi: Vasin, Ernandes, Bistrovich, Makarov, SHennikov
So'roq ostida: Xosonov, Kuchaev, Magnusson

"Real": Navas; Karvaxal, Varan, Valexo, Nacho; Kazemiro, Kroos, Modrich; Asensio, Benzema, Mariano
O'ynamaydi: Marselo, Isko, Beyl, Ramos


ROMA - VIKTORIYA
2 oktyabr. Rim. "Olimpiko". 23:55.
Bosh haka
m - Pavel Rachkovski (Polsha).

"Roma": Olsen; Florenci, Manolas, Fasio, Kolarov/Santon; Kristante, N'Zonzi, Pellegrini; Djengiz Yunder, Djeko, El-SHaaravi
O'ynamaydi: Perotti, Pastore
So'roq ostida: De Rossi

"Viktoriya": Kozachik; Rjeznik, Geyda, Gubnik, Limberski; Proxazka, Groshovski; Petrjela, Gorjava, Kovarjik; Krmenchik
O'ynamaydi: Kopic



BAVARIYA - AYAKS
2 oktyabr. Myunxen. "Alyanc Arena". 23:55.
Bosh hakam -
Pavel Kralovec (CHexiya).

"Bavariya": Noyer; Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba; Martines; Robben, Myuller, Tyago, Riberi; Levandovski
O'ynamaydi: Rafinya, Koman, Tolisso
So'roq ostida: Gorecka

"Ayaks": Onana; Talyafiko, Blind, de Lixt, Mazraui; de Yong, Neres, SHene; Tadich, Xuntelaar, Ziesh
O'ynamaydi: Bande, CHerni, Veltman


AEK - BENFIKA
2 oktyabr. Afina. "Spiros Luis". 23:55.
Bosh hakam 
- Orel Grinfeld (Isroil).

AEK: Barkas; Bakakis, Oykonomu, Labropulos, Xult; Galo, Simoesh, Galanopulos, Mantalos; Bakasetas; Ponse
O'ynamaydi: Boye, Livaya, Elder Lopesh, Alef

"Benfika": Vlaxodimos; Grimaldo, Konti, Ruben Diash, Andre Almeyda; Feysa, Jedson Fernandesh, Picci; Salvio, Rafa, Seferovich
O'ynamaydi: Ebuexi, Gabriel, Jardel, Joau Felish, Krovinovich


* Taxminiy tarkiblar UEFA rasmiy saytidan olindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика