So’nggi yangiliklar

12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 12:18Суперлига. 28-тур учрашувларини бошқариб борувчи ҳакамлар эълон қилинди  1 11:50Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 10 ноябрь куни сафарга отланади  8 11:44U-17 ЖЧ старт олди. ОКда чорак финалда қолиб кетган Япония Африка чемпиони Марокашни таслим қилди, ўзбек ҳаками бошқарган ўйинда Месси ватандошлари ғолиб  2 11:35Суннатуллоҳ Ҳамиджонов: "Насиб қилса, Баҳрайндан уч очко билан қайтамиз"  3 10:40"Бунёдкор-2011" халқаро турнирда совриндорга айланди  3 10:09"Эльче" — тарихда "Барселона"дан кўпроқ тўп назоратига эга бўлган илк янги жамоа  0 09:55Венсан Компани: "Олдимизда Чемпионлар Лигасининг фаворитларидан бири билан синов турибди"  0 09:35Легионерларимиз. Умарали Раҳмоналиев тўлиқ ўйнаган баҳсда "Сабаҳ" ғалаба қозонди  1 09:15Хаби Алонсо "Реал Мадрид"га янги Кроосни топди  3 08:55Легионерларимиз. Рустам Ашурматов Эрон чемпионати 9-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  2 08:28Жозе Мораиш мураббий сифатида ўзбек клубларига ютқазмаяпти  9 08:08Сербия чемпионатида мураббий ўйин пайтида вафот этди  0 07:42"Барселона" Эрлинг Холандни 2026 йил ёзида қўлга киритишни режалаштирмоқда  8 01:47Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" меҳмонда зафар қучди ва яна жадвалда етакчига айланиб олди  0

ECHL. "Borussiya D" – "Manchester Siti" uchrashuvida kuchlar teng keldi Yangiliklar

ECHL. "Borussiya D" – "Manchester Siti" uchrashuvida kuchlar teng keldi

ECHL beshinchi turidan o'rin olgan "Borussiya D" – "Manchester Siti" uchrashuvi yakunlandi.

"Borussiya D" – "Manchester Siti" 0:0

Borussiya D – Kobel, Zyule, Xummels, SHlotterbek, Azar (Volf, 82), Reyna (Papadopulos, 87), Djan, Brandt, Bellingem, Adeyemi (Malen, 73), Mukoko (Modest, 82).

Manchester Siti – Ortega, Stounz, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu (Akandji, 46), Foden (Grilish, 81), Gyundogan, Rodri, Marez (Palmer, 88), Xoland (Bernardu Silva, 46), Alvares.

Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (7), Alvares (31), Gyundogan (58), Akandji (72), Xummels (87).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. Xummels raqibga nisbatan qoida buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

84. ZARBA! Gyundoganning zarbasiga yuqoriga ketdi.

81. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar yuz berdi.

78. "Siti" qisqa paslar orqali hujum tashkillashtirishga urinmoqda, "Borussiya" futbolchilari esa himoyalanmoqda, ular shu natijaga rozidek ko'rinmoqda.

74. Azarning jarima zarbasi "jonli devor"dan nariga o'tmadi.

72. Akanji Adeyemining zarbasini qo'li bilan qaytargani sababli ogohlantirildi.

67. Gyundoganning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Kobel egallab oldi. Navbatdagi hujumdan so'ng esa nemislar posboni seyv qildi.

63. O'yin tempi biroz pasaydi.

58. Kobel Mahrezning 11 metrli nuqtadan yo'llagan zarbasini qaytardi!


57. Penalti! Raqib jarima maydonida Mahrez yiqitildi va hakam 11 metrli nuqtani ko'rsatdi.

53. ZARBA! Foden chap qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan noaniq tarzda raqib darvozasi tomon yo'lladi.

52. ZARBA! Bellingem yaqin masofadan kuchsiz zarba yo'lladi.

47. "Siti" burchak zarbasi ishlab oldi. Ammo vaziyat bartaraf etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Siti" tarkibida ikki o'zgarish: Kanselu o'rniga Akanji, Xoland o'rniga Bernardu Silva maydonga tushirildi.

Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Mukokodan navbatdagi zarba, Ortega o'z o'rnida.

39. Janning zarbasi rikoshet orqali "Siti" posbonining qo'llariga borib tushdi.

36. Xavfli vaziyat! Mukoko Adeyimining o'ng qanotdan uzatmasidan so'ng qulay nuqtadan aniq zarba bera olmadi!

34. Xolandning ilk zarbasi himoyachilardan nariga o'tmadi.

31. Alvares Azarga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

29. Xolandga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Borussiya" futbolchilari etiroz bildirmoqda.

25. Reynaning zarbasini Ortega egallab oldi.

21. Kanselu qulay uzatmani o'ziga bo'ysindira olmadi, qolaversa, o'yindan tashqari holatda edi.

18. Xummels ikki marta jamoasini qutqarib qoldi.

16. ZARBA! Adeyemining zarbasini Ortega qaytardi!

15. Rodri olisdan noaniq zarba yo'lladi.

11. Foden tomonidan Xolandga uzatilgan to'pni Xummels bartaraf etdi.

8. ZARBA! Brandtning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

7. 7-raqamli Kanselu 7-daqiqada ogohlantirildi. Adeyemiga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

3. Mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil etishdi, biroq Brandt zarba yo'llay olmadi.

1. Ilk zarbani mezbonlar yo'lladi, biroq Mukoko ofsaydda qolgan ekan.

1. Uchrashuv boshlandi.


Jurnalist Gvardiola

Bugun u sobiq uyida.

"Signal Iduna Park" mana shunday ko'rinishda

Uchrashuv 00.00 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика