So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  7 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

ECHL. 8ta juftlik haqida 8ta fakt Yangiliklar

ECHL. 8ta juftlik haqida 8ta fakt

Bugun Evropa chempionlar ligasi 1/8 finaliga qura tashlandi.

Biz har bir juftlik haqida eng asosiy faktni taqdim etamiz.

• "Barselona" 2009/10 yilgi mavsumda "Arsenal"ni 1/4 finalda mag'lub etgan, Lionel Messi javob o'yinida poker qayd etgandi. Kataloniyaliklar 2010/11 yil 1/8 finalda va 2006 yil finalda "kanonirlar"dan ustun kelishgan.

• "CHelsi" va PSJ pley-offda ketma-ket uchinchi marta to'qnash kelishmoqda. Qizig'i oldingi ikki safar g'olib safarda urilgan gol evaziga aniqlangan. 2013/14 yilgi mavsumda London klubi, o'tgan yil esa Parij klubi revansh olgandi.

• "Bavariya" 2012/13 yil chorak finalida har ikkala bahsda ham "Yuventus"ni bir xil 2:0 hisobida mag'lub etgandi. O'sha mavsum Myunxen klubi ECHL g'olibi bo'lgan.

• "Roma" va "Real" 8 marta to'qnash kelishgan. Barcha o'yinlar 2001/02 yilgi mavsumdan so'ng va barchasi ECHL doirasida bo'lib o'tgan. "Roma" 2007/08 yilgi mavsumda 1/8 finalda Madrid klubini mag'lub etgan.

• "Atletiko" 2008/09 yilgi ECHL guruh bosqichida PSVni ikki marta mag'lub etgan. Eyndxovendagi bahs 0:3 hisobida Madriddagi bahs 2:1 hisobida yakuniga etgan.

• "Benfika" ECHL-2011/12 nimchorak finalida "Zenit"ni umumiy hisobda mag'lub etgan - 4:3. O'tgan yilgi ECHL guruh bosqichida Sankt-Peterburg klubi ikki marta Lissabin klubini taslim qilgan.

• "Dinamo" 2010/11 yilgi Evropa ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborgan. Kiev klubi o'z uyida 2:0 hisobida zafar quchgan, Angliyada esa "Siti" 1:0 hisobida yutgan.

• "Gent" va "Volfsburg" klublari oldin bir-biri bilan to'qnash kelmagan yagona juftlik hisoblanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика