So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  7 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  5 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  4 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  32 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

ECHL 2019/20: Guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqqan 26 jamoa nomi aniq Yangiliklar

ECHL 2019/20: Guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqqan 26 jamoa nomi aniq

Evropa CHempionlar Ligasining yangi 2019/20 yilgi mavsumi guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqqan barcha jamoalar nomi rasman malum bo'ldi.

- USHBU SAHIFA YANGILANDI

ECHL 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqadiganlar ro'yxati:

UEFA Evropa CHempionlar ligasi g'olibi;

UEFA Evropa Ligasi g'olibi;

Ispaniya, Angliya, Italiya va Germaniyaning eng yaxshi to'rtta jamoasi;

Franciya va Rossiyaning eng yaxshi ikkita jamoasi;

Portugaliya, Ukraina, Belgiya va Turkiya chempionlari;


ECHL-2019/20 yilgi mavsumi guruh bosqichi ishtirokchilari ro'yxati:

Ispaniya: "Barselona", "Atletiko", "Real", "Valensiya" 

Angliya:  "Manchester Siti", "Liverpul", "CHelsi", "Tottenxem" 

Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Atalanta", "Inter" 

Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leypcig", "Bayer"

Franciya: PSJ, "Lill", "Lion"

Rossiya: "Zenit", "Lokomotiv" 

Portugaliya: "Benfika" 

Ukraina: "SHaxter"

Belgiya: "Genk"

Turkiya: "Galatasaray"

Avstriya: "Zalcburg"

P.S. ECHL finaliga chiqqan "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari APL orqali kelasi mavsum uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani naqd qilganliklari tufayli Avstriya chempioni "Zalcburg" muddatidan avval ECHL guruh bosqichi masalasini hal etdi.

Ispaniya chempioni ("Barselona"), Angliya chempioni ("Manchester Siti"), Italiya chempioni ("Yuventus"), Franciya chempioni ("PSJ"), Rossiya chempioni ("Zenit") hamda ECHL g'olibi ("Liverpul") va Evropa ligasi g'olibi ("CHelsi") ECHL guruh bosqichi qurasida birinchi korzinkadan joy oladi. 

"Barselona" ECHL asosiy setkada 24-marotaba ishtirok etadi. Bu esa mutlaq rekord hisoblanadi. "Real" va "Portu"da kataloniyaliklarni bu borada quvib olish imkoniyati mavjud. "Yuventus" uchun ECHLning yangi mavsumi 20-ishtirokka aylanadi. Turinliklar bunday ko'rsatkichni qayd etgan oltinchi klub bo'ladi.

Italiya A Seriyasining bronza medali sohibi "Atalanta" ilk bor Evropa chempionlar ligasida, to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etadi. "Atalanta" avval xattoki musobaqaning kvalifikaciya raundiga ham chiqa olmagan. 

Qolgan 6ta yo'llanma esa kvalifikaciya raundida o'ynaladi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика