So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  3 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  8 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Dragan CHeran: "To'puparlar bahsida bu yil ham g'olib bo'lishga harakat qilaman va bu natijani yana ham yaxshilashga vada beraman" Yangiliklar

Dragan CHeran: "To'puparlar bahsida bu yil ham g'olib bo'lishga harakat qilaman va bu natijani yana ham yaxshilashga vada beraman"

"Paxtakor"ni "Lokomotiv"ga qarshi sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Dragan CHeran uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.

Paxtakor

Abbosbek Fayzullayev - 26', Dragan CHeran - 38'

Superliga. 23-tur

24/10/2022, 18:30

0
:
2
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
26'  Abbosbek Fayzullayev
38'  Dragan CHeran


- Derbi har doim derbi, doim muhim va qiyin bo'ladi. Pressing orqali o'ynashga harakat qildik va bu natija berdi. Birinchi bo'limdayoq ikki gol urishga erishdik. Ikkinchi bo'limda esa to'pni raqibga berishga qaror qildik va o'yin nazoratini ushlab qola oldik. SHu sabab ikkinchi bo'lim biroz zerikarli bo'lgandir, lekin futbolda muhimi natija va biz unga erishdik.

So'nggi o'yinlarda jamoa ancha yorqin ko'rinmoqda, vaziyatlardan foydalanishda muammolardan xalos bo'lgandek. Jamoada kayfiyat qanday?

- Jamoadagi muhit yaxshi. Murabbiy tizimiga va taktikasiga moslashayapmiz. Natijalar ham yomon emas nazarimda. Jamoa bir taktikaga ko'nikishi uchun malum vaqt kerak. Ushbu mavsumni yaxshi yakunlab, keyingi mavsumda natijalarimiz bundan yaxshiroq, o'yinimiz esa bundanda yorqinroq bo'ladi deb umid qilaman.

Superligada uch mavsumdan buyon eng yaxshisiz. Bu yil ham shu ananani davom etirasizmi?

- Albatta, men qolgan uchta o'yinda jamoaga maksimal tarzda yordam berishga harakat qilaman va birinchi maqsadim jamoa bilan bog'liq. Qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonib, chempionlikni qo'lga kiritishga urinamiz. To'puparlar bahsida bu yil ham g'olib bo'lishga harakat qilaman va bu natijani yana ham yaxshilashga vada  beraman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика