So’nggi yangiliklar

10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5

Doniyor Narzullaev: "Ilhom Mo'minjonovga vada berib qo'ygandim. Qaerda bo'lsam ham "Nasaf"ga omad tilayman" Yangiliklar

Doniyor Narzullaev: "Ilhom Mo'minjonovga vada berib qo'ygandim. Qaerda bo'lsam ham "Nasaf"ga omad tilayman"

O'tgan mavsumda Pro ligada g'olib chiqib Superligaga yo'llanma olgan "Neftchi" tarkibini kuchaytirishga qattiq bel bog'lagan.

Klub yangi mavsum oldidan o'z safiga "Nasaf" yarim himoyachisi Doniyor Narzullaevni qo'shib oldi. Kuni kecha klub bilan rasman shartnoma imzolagan futbolchi bilan aloqaga chiqib bu boradagi fikrlarini tingladik. 

- Faoliyatingizda ikkinchi bor yangi jamoaga o'tdingiz. Bu boradagi dastlabki qadamni "Metallurg" bajarib bergandi. Ushbu jamoa safida yaxshi o'yin namoyish qilib kelayotgan edingiz. Lekin o'tgan mavsumda imkoniyat kam berildi. "Nasaf" sizga sport formasiga kirib olish va tiklanish vazifasini o'tab berdimi?

- Dastlab xalqimizni kirib kelgan 2022 yil bilan tabriklayman. Raqobatdan hech qachon qochmaganman. "Metallurg"da maydonga tushmasam ham mashg'ulotlarda astoydil ishladim. Davralar oralig'ida jonajon jamoam "Nasaf"dan taklif tushdi. Qaysidir manoda Qarshiga qaytish men uchun foydali bo'ldi, deb o'ylayman. Sport formamni tiklab oldim. Buning uchun klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoadoshlarim va muxlislarga rahmat aytaman. 

- "Neftchi"dan taklif aynan kim tomonidan bo'ldi?

- Mavsum yakuniga etgach shaxsan Ilhom Mo'minjonovni o'zidan taklif tushdi. Mazkur chorlov menga maqul keldi. 

- Ushbu jamoaga o'tish katta tavakkalmi yoki kelajakni o'ylab qilingan ishmi? 

- Boshqa jamoalardan ham takliflar kelib tushdi. Ularning orasida "Neftchi"niki menga qiziq tuyuldi. Ilhom akani o'yin uslublari maqul keldi. Bu qarorim qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini mavsum yakunida bilib olamiz. O'ylaymanki "Neftchi" bilan hamkorligimiz ikki tomon uchun ham foydali bo'ladi. 

- "Nasaf" tomonidan sizni olib qolishga harakat sezdingizmi?

- Hammasi joyida edi. Murabbiylar shtabi ham meni olib qolmoqchi bo'lishdi. Lekin men Ilhom Mo'minjonovga vada berib qo'ygan edim. SHuning uchun rahbariyat va murabbiylarga buni to'g'ri tushuntirdim.  Ular esa omad tilashdi. Qaerda bo'lsam ham "Nasaf"ga mehrim balan bo'lib qolaveradi. Jamoaning o'yinlarini kuzatib borishga harakat qilaman. 

- Farg'onaliklar bilan shartnoma nechchi yilga imzolandi?

- Hozircha 1 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzdik. Agar barchasi ko'ngildagidek ketsa yana uzaytiramiz. 

- Agarda mavsum o'rtasida xorijdan chorlov qabul qilsangiz, "Neftchi" qo'yib yuboradimi? SHartnomaga bu boradagi mahsus bandlar kiritildimi?

- Agarda davralar oralig'ida chetdan variant chiqib qolsa klub barchasini o'zim hal qilishimga qo'yib beradi. Bu men uchun katta imkoniyat. CHunki O'zbekistonda kamdan-kam jamoalar bunday imkoniyat yaratib bera oladi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика