So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

Diyor Mirzaboev: "Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi"

Pro-liganing 7-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Turon" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Oldindan yigitlarga tushuntirgandim, bu o'yinda ko'p gol urilmasligi aniq edi. Ularga jarima maydonimiz ichida va atrofida imkon qadar qo'pollik ishlatmaslik haqida tushuntirgandim. Ko'rdinglar, bittagina jarima zarbasidan gol o'tkazib yubordik. 

O'yinni ko'rib chiqamiz, bizda golli vaziyatlar ko'proq bo'ldi. O'tgan gal aytgan fikrimni qaytaraman, men bu erga vaziyatni o'zgartirish uchun kelganman. Gol urishda oqsayapmiz. Ishlaymiz, vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz.

- "Yangier" o'ziga yarasha shonli tarixiga ega bo'lgan jamoa. Siz bu erga oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygan xolda keldingiz?

- Klub rahbariyati meni taklif etishgan. Jamoada tajribali futbolchilar borligi haqida avvaldan bilardim. Maqsadimiz - har bir o'yinda g'alaba, guruhlarga ajratilganida "Yangier"ni kuchli beshlikka olib kirish. Haliyam vaziyatni o'nglash mumkin, barchasi o'z qo'limizda. O'yin borasida yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Ko'p sonli muxlislarimizga rahmat.

- Avvalgi matbuot anjumanida hjumchilar kam gol urayotgani haqida aytgandingiz. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

- Mashg'ulotlarda jiddiy ishlayapmiz. Har bir o'yinga ikki xil taktik uslub bilan chiqayapmiz. Vaziyatga qarab taktikalarimizni o'zgartirib borayapmiz. Timur Usmonov va Nodir Yo'ldoshevlar bo'ydor futbolchilar bo'lgani sababli bugun uzun uzatmalarga etibor qaratdik. Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda g'alabaga erishishimiz ham mumkin edi. Afsus, bugun omadimiz kelmadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика