So’nggi yangiliklar

15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  0 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  3 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  10

Diyor Imomxo'jaev: "PFL direktoriligiga nomzodlar paydo bo'layotgani yoqimli. Lekin biz murabbiylarga sim qoqib bizga ovoz bering deb yalinmaymiz" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "PFL direktoriligiga nomzodlar paydo bo'layotgani yoqimli. Lekin biz murabbiylarga sim qoqib bizga ovoz bering deb yalinmaymiz"

O'zPFL direktorligiga nomzodlar paydo bo'layotgani, ular o'z dasturlari bor ekanligini aytayotganlari yoqimli holat. Aslida shunday bo'lishi kerak.

Biroq avval buning uchun tizim yaratish lozim. Ustavga ayrim o'zgartirishlar kiritish ustida ishlayapmiz. Kelasi yilga O'zPFLga direktor qanday saylanadi, bu ish qanday amalga oshadi kabi jarayonlar hamma uchun malum bo'lishini istaymiz.

Mana shu yil so'ngida shu kungacha qilgan ishlarimiz va kelajakda amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlarimiz haqida o'z dasturimizni beramiz. Hozir esa O'zPFL qattiq rejimda ishlayapti, dastur uchun ajratadigan vaqtning o'zi yo'q, pandemiya sabab juda ko'p vaqt yo'qotdik. Qolaversa, juda murakkab davrda tashkilotni qabul qilib oldik. Bunday nolimaymiz, qiyin sharoitda ham birdek ishlashga tayyormiz.

IMHOimizcha, har yili rahbariyat o'zgaravergani bilan baraka topilmaydi, bazida ishlash uchun vaqt va imkoniyat kerak bo'ladi. O'zPFL jamoasining aniq maqsadi va vazifalari bor, jamoaning 95 foizi yoshlardan tashkil topgan. Birlamchi vazifamiz yilni amallab yakunlab olish va kelasi yil uchun poydevor qo'yish. Ishontirib aytamanki, bizning dasturimiz raqobatchilar orasida eng yaxshisi bo'ladi va biz murabbiylarga sim qoqib, bizga ovoz berishlarini yalinmaymiz. Sog'lom raqobatga esa doim tayyormiz!", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика