So’nggi yangiliklar

21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  1 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  5 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  50 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6

Diyor Imomxo'jaev: "Kelasi yil Pro ligada translyaciyalar soni oshadi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Kelasi yil Pro ligada translyaciyalar soni oshadi"

Bugun Pro liga doirasidagi "Dinamo" - "Xorazm" uchrashuvi jonli namoyish etildi.

"Pro liga uchrashuvlarini va nihoyat ekranlarga olib chiqishga erishdik. Bu biz uchun katta yutuq.

O'z vaqtida Sport-TV quyi ligadan bir nechta uchrashuvlarni ko'rsatgan albatta. Bugun esa O'zPFL Pro liga translyaciyasi masalasida UzReport bilan kelishuvga ega. Buning ilk mevasini bugun ko'rdik. 2020 yilning 30 avgust kuni sharhlovchi Orif Tolipov “Dinamo” — “Xorazm” uchrashuvini jonli efirda sharhlab bordi.

“Dinamo” bir yil avval Superligada to'p surganidan kelib chiqib, uning o'yinlarini futbol muxlislari ko'p bor tomosha qilishgan. Xorazmlik futbol muxlislariga esa o'z jamoalarining Futbol-TV kanalida ko'rinish berishi haqiqiy sovg'a bo'ldi deyishimiz mumkin.

Kelishuvga ko'ra, mavsum yakuniga qadar har turdan kamida 1 ta uchrashuv efirga olib chiqiladi. Kelasi yildan esa translyaciyalar soni oshadi. Biz shu yilning o'zidayoq jonli efirlar sonini ko'paytirish ustida ishlaymiz.

Faqat unutmaslik kerakki, har bir stadiondan ilk efir test rejimida bo'ladi. Aytaylik, “Dinamo” stadionida ishlash endi Futbol-TV uchun begona emas, qolgan stadionlar esa hozircha yangi obekt. Translyaciyalar bizga iloji boricha shaffoflikka erishish imkonini beradi. Translyaciyalar maydonlar holati, futbolchilar harakati, hakamlar qarorlari, O'zPFL kamchiliklari haqida tasavvur paydo qiladi. SHundan kelib chiqsak, bu oldinga tashlangan katta qadamdir. Ishonamizki, oldinda ko'p yaxshi yangiliklar kutib turibdi", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика