So’nggi yangiliklar

10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  3 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11

"Dinamo" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Dinamo" yangi futbolchilarni tanishtirdi

"Dinamo" jamoasi o'z ananasiga ko'ra, chempionat o'yinlari oldidan yangi futbolchilari taqdimotini o'tkazdi.

Samarqand shahridagi "Yoshlar markazi" katta zalida yuqori tashkilotchilikda o'tgan tadbirda jamoa azolari, viloyat hokimligi, homiy va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, muxlislar, Samarqand futbol jamoatchiligi ishtirok etdi. Bayramona taqdimot marosimi ilk marta 4ta telekamerada internetda jonli efirda namoyish etildi.

Tadbirni Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov ochib berishi rejalashtirilgandi, ammo viloyat hokimi malum sababga ko'ra marosimga kela olmagan bo'lsa-da, viloyat hokimining o'rinbosari Xurshid Ochilov marosim qatnashchilariga Erkinjon Oqbo'taevichning jamoa va muxlislarga yo'llagan yangi mavsum ochilish tabrigini o'qib eshittirdi.

SHundan so'ng "Dinamo" PFK bosh homiysi "Agromir Buildings" kompaniyasi raisi, senator SHavkat Jalolov, viloyat hokimining o'rinbosari Xurshid Ochilov klub yangi bosh murabbiyi serbiyalik Predrag Roganni tanishtirib, "Dinamo" futbolchilariga yangi liboslari topshirildi. Muxlislar nomidan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va "Agromir" kompaniyasi boshqaruv raisi SHavkat Jalolovga Samarqand futboli rivoji yo'lida qilinayotgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirildi. "Dinamo" PFK nomidan esdalik uchun Erkinjon Turdimovga 69-raqamli libos (1969 yilda tug'ilgan), SHavkat Jalolovga 70-raqamli, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovga 78-raqamli klub libosi topshirildi.

SHuningdek, yangi murabbiy Rogan hamda futbolchilar nomidan Temurbek Ismoilov, Aleksandar Glishich so'zga chiqib, yangi mavsumda samarqandlik muxlislarni quvontirish uchun jamoa bor kuch va imkoniyatini sarflashini bildirishdi. Muxlislarning ochiq-savol javobi va olqishlari ostida yuqori kayfiyatda o'tgan tadbir yakunida barcha Superliga 1-turi doirasidagi 3 mart kungi "Dinamo" - "Paxtakor" o'yiniga taklif etildi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика