So’nggi yangiliklar

00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  3 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  1 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4

Dinamo Namangandagi noxush ananani o'zgartira oladimi? (Prevyu) Yangiliklar

Dinamo Namangandagi noxush ananani o'zgartira oladimi? (Prevyu)

Teglar :  NavbahorDinamo
Superliga 21-turi doirasidagi etiborli o'yinlardan biri Namanganda “Navbahor” va “Dinamo” o'rtasida kechadi.

Uch oydan buyon Namanganda g'olib bo'la olmayotgan “Navbahor” yangi murabbiy qo'l ostiga o'tgan “Dinamo”ni qabul qiladi.

Superliga. 21-tur
1 oktyabr (seshanba)
“NAVBAHOR” – “DINAMO”
Bosh hakam:
SHerzod Qosimov (Toshkent)
Stadion: Namangan, «Markaziy» stadion.
O'yin boshlanish vaqti: 19:15
TV-translyaciya: «Sport» TV (jonli)

Birinchi davrada murosa

Samarqand va Namangan jamoalari o'rtasidagi so'nggi o'yin 1-davrada ko'hna shaharda o'tkazilib, bahs jangovar 2:2 natijasi bilan yakunlangandi. Superliga-2019 ning “eng yaxshi o'yini” deya etirof etilgan o'sha bahsda Slavko Lukich ajoyib zarba bilan hisobni ochgan bo'lsa, ko'p o'tmay Qadamboy Nurmetov hisobni tenglashtirgan. Taym yakunida esa Sardorbek Eminov uzoq masofadan yo'llagan zarbasi bilan “Dinamo”ni hisobda oldinga olib chiqqan. Ammo 2-bo'limda “Navbahor” goleadori Aleksandr Kasyanning goli mehmonlarga durangni keltirgan. Bu bahs foydalanilmagan qator ajoyib vaziyatlar bilan ham ko'pchilikning yodida qolgandi.

Jamoalar qanday holatda?
«Dinamo» Superliga doirasida hali safarda g'alaba qozonmagan. Qolaversa, ikkinchi davrada hali ochko olganicha yo'q. SHu bois, klub murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi. Davron Fayziev o'rniga Tachmurod Agamurodov ish boshladi. Yangi murabbiy “Dinamo”dagi o'zining debyut o'yinini Namanganda “Navbahor”ga qarshi o'tkazadi.
Yana Andrey Kanchelskis qo'l ostiga o'tgan “Navbahor”da ham ishlar alo darajada deb bo'lmaydi. Namangan jamoasi uch oydan buyon Superliga doirasida o'z uyida g'alaba qozona olmayapti. Klub Namanganda so'nggi marta iyun oyida “Buxoro”ni mag'lub eta olgandi. SHundan keyin ochkolar asosan safarda qo'lga kiritilgan.

“Dinamo”ning so'nggi 5 o'yini:
16-tur. “Dinamo” – “Qo'qon-1912” – 0:1
17-tur. “Qizilqum” – “Dinamo” – 2:1
18-tur. “Dinamo” – “Buxoro” – 0:3
19-tur. AGMK – “Dinamo” – 3:1
20-tur. “Dinamo” – “Andijon” – 0:1.

“Navbahor”ning so'nggi 5 o'yini:

16-tur. “Navbahor” – AGMK – 0:1
17-tur. “Andijon” – “Navbahor” – 0:1
18-tur. “Metallurg” – “Navbahor” – 1:0
19-tur. “Navbahor” – “Paxtakor” – 0:1
20-tur. “So'g'diyona” – “Navbahor” – 0:0

O'zaro o'yinlar tarixi

Samarqand va Namangan jamoalari 1992 yildan buyon Oliy Liga tarixida 47 marotaba ro'baro' kelishgan. Statistika vodiy jamoasining foydasiga «gapirmoqda»: 25 ta o'yinda «Navbahor» g'alabani tantana qilgan, 9 bahs murosa yo'li bilan intiho topgan, 13 marta esa «Dinamo» g'olib sifatida maydonni tark etgan.
To'plar nisbati bo'yicha ham «tosh» “Navbahor” tomonini bosmoqda: 84:43. O'tkazilgan 47 o'yin yakunida «Navbahor» 84 ochkoga ega chiqqan bo'lsa, «Dinamo» 48 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. O'zaro o'yinlarda namanganliklarning eng yirik g'alabasi 7:1, «Dinamo»da esa bu ko'rsatkich – 2:0 ga teng.

Namangandagi o'zaro so'nggi uchrashuvlar:
26.08.2017. «Navbahor» - «Dinamo» - 1:0
25.04.2015. «Navbahor» - «Dinamo» - 2:1
07.11.2014. «Navbahor» - «Dinamo» - 2:2
25.08.2013. «Navbahor» - «Dinamo» - 1:1
12.05.2012. «Navbahor» - «Dinamo» - 1:1
18.10.2011. «Navbahor» - «Dinamo» - 1:1.

Tarkibda qanday yo'qotishlar bor?

“Navbahor” – “Dinamo” o'yinida Namangan jamoasi safida ikki futbolchi maydonga tusha olmaydi. Bular Ivan Solovev va Jahongir Mehmonovlardir. Solovev so'nggi turda “So'g'diyona”ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan bo'lsa, Jahongir Mehmonov 4-marotiba ogohlantirilib, bir o'yinga diskvalifikaciya qilingan.
“Dinamo” safida diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar bo'lmasa-da, jarohat tufayli maydonga tusha olmaydiganlar kuzatilishi mumkin.

Eski tanishlar...

Joriy yilda «Navbahor» safida «Dinamo»ning bir qator sobiq futbolchilari to'p surishmoqda. SHu jumladan «Dinamo»da ham. Ayni damda “Navbahor” safida to'p surayotganlardan Aziz Ibragimov 2015 yilda aynan Tachmurod Agamurodov qo'l ostida “Dinamo”da to'p surgan bo'lsa, yana bir yarimhimoyachi Abdujamol Isroilov 2017 yilda aynan “Dinamo” safida Oliy Ligada debyutini o'tkazgan. Hozirda “Dinamo” safida to'p surayotgan Bahodir Nasimov 1-davrada aynan “Navbahor” safida to'p surgandi. SHuningdek, darvozabon Botirali Ergashev 2018 yilda, himoyachi Akmal Xolmurodov esa 2010-11 yillarda “Navbahor” sharafini himoya qilgan.

«Dinamo» Namangandagi noxush tarixni o'zgartira oladimi?
Tachmurod Agamurodov “Dinamo” bilan nafaqat so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizlikni, balki uzoq yillik noxush ananaga ham barham berish imkoniyatiga ega. Gap shundaki, Oliy Liga tarixida “Dinamo” Namanganda “Navbahor”ni mag'lub eta olmagan. Ko'ramiz, yangi murabbiy boshqaruvida Samarqand jamoasi uzoq yillik noxush ananani buza olarmikan...?


Usmon Ibodov, «Dinamo» klubi matbuot xizmati.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика