So’nggi yangiliklar

17:01Марушич: “Фаворитмиз? Бугун бир лаҳза ҳаммасини ҳал қилиб юбориши мумкин”  2 16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  3 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  1 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим.  0 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  4 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  4 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  13 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  11 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  1 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  1 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  8 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0

"Dinamo" Joel Kojoni "Istiqlol"ga sotishni istamadi. Futbolchi murabbiy va klub direktorini ayblamoqda Yangiliklar

"Dinamo" Joel Kojoni "Istiqlol"ga sotishni istamadi. Futbolchi murabbiy va klub direktorini ayblamoqda

Eronning "Istiqlol" klubi Samarqandning "Dinamo" klubidan Joel Kojoni sotib olishga urindi.

Biroq "Dinamo" qirg'izistonlik hujumchini 300 ming dollarga sotishga rozi bo'lmadi. Bu haqda Kojoning turmush o'rtog'i malum qildi. Malumotlarga ko'ra, Joelning tovon puli 1 million dollarga teng bo'lgan.

Kecha tunda Eronda transfer oynasi yopildi va endi Kojo "Dinamo"da qolishi aniq. Futbolchining Samarqand klubi bilan 2025 yil oxirigacha shartnomasi bor.

Futbolchining o'zi Qirg'iziston OAVga qisqa intervyu berdi"Eng katta maqsadim hali oldinda. Biroq murabbiyim va klub rahbariyati kelib tushgan taklifni rad etishdi. Bu holat yuragimga og'ir botdi. Bu murabbiy va klub rahbariyati hayotimni barbod qilishdi.

Murabbiy va rahbarlarni menga nisbatan qilgan ish uchun Alloh kechirmaydi. Men futbolga bo'lgan bor umidimni yo'qotdim, do'stlar, futbol o'ynash uchun umuman kayfiyat, xohishim yo'q", - dedi Kojo. 



"Menimcha haqiqatni aytish kerak. Eron klubi transfer uchun 300.000$ taklif qildi. Tungi soat 00:30 ga qadar muzokara davom etdi. So'nggi lahzada "Dinamo" direktori murabbiy ko'rsatmasiga ko'ra shunchaki qo'ng'iroqlarga javob bermay qo'ydi. Murabbiy yil boshida agar kuchli klub Kojoga taklif bilan chiqsa uni qo'yib yuborishini va futbolchi uchun xursand bo'lishini aytgandi. O'shanda 100.000$ ga qo'yib yuborishga rozi bo'lgandi. Hozir esa 3 mart ko'p taklif qilishdi. Kun bo'yi ular bizni umidlantirishdi va so'nggi lahzada transfer amalga oshmay qoldi", - dedi futbolchining turmush o'rtog'i.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика