So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  0 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  8 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  1 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  1 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0

"Dinamo" bosh murabbiyi istefoga chiqarildi. Uning o'rniga mahalliy mutaxassis tayinlandi Yangiliklar

"Dinamo" bosh murabbiyi istefoga chiqarildi. Uning o'rniga mahalliy mutaxassis tayinlandi

Bugun, 20 may kuni "Dinamo" PFK qarorgohida klub rahbariyati hamda jamoa ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Unda jamoaning so'nggi turlarda qayd etgan qoniqarsiz natijalari atroflicha muhokama qilinib, klub bosh murabbiyi Predrag Rogan bilan do'stona xayrlashilgani malum qilindi. Serbiyalik mutaxassis bilan birga uning yordamchisi Ivan Yevich bilan ham hamkorlik to'xtatildi. "Dinamo" hamda murabbiylar o'rtasidagi shartnoma ikki tomonlama bekor qilindi. "Dinamo" jamoasi Predrag Rogan va Ivan Yevichga klubdagi faoliyati hamda hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

"Dinamo" klubi rahbariyati qaroriga ko'ra, bosh murabbiy etib shu paytga qadar klub sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan Andrey SHipilov tayinlandi. Andrey Sergeevich "Paxtakor" murabbiylar shtabi va "Metallurg" klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati bilan muxlislarga tanilgan. "Dinamo" PFK rahbariyati katta masuliyat yuklangan jamoaning yangi bosh murabbiyiga omad va zafarlar tilaydi.

Malumot uchun, "Dinamo" Superliga 10-turi doirasida 23 may kuni o'z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi.


Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика