So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   6 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  11 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  18

"Dinamo" - "Andijon": Anana davom etadimi? Yangiliklar

"Dinamo" - "Andijon": Anana davom etadimi?

Pro-Liga 9-turi doirasida nafaqat turning balki, mavsumning markaziy o'yinlaridan biri Samarqandda kechadi.

Azaliy raqib sanalmish “Dinamo” va “Andijon” jamoalari o'zaro maydonga tushishadi.

BIR XIL MAQSAD, IKKI XIL VAZIYAT...


Superligani maqsad qilgan ushbu ikki klub ayni damda ikki xil vaziyatda. Pro-Liga “A” guruhida “Dinamo” 7 o'yindan keyin hozircha g'alaba nimaligini bilmay, 9-pog'onadan joy olgan bo'lsa, “Andijon” 15 ochko bilan 2-pog'onadan joy olgan.

Ushbu bahsdagi uch ochko “Dinamo”ga 1-davrani g'alaba bilan yakunlash imkonini bersa, “Andijon”ga peshqadamlikni taqdim etishi mumkin.

O'YINNI KIM BOSHQARADI?
Ushbu uchrashuvni boshqarib borish yosh hakamlardan biri Jasur Muxtorovga ishonib topshirilgan. Bahs nazoratchisi esa tajribali Farhod Abdullaev.

Pro-Liga. “A” guruhi.
9-tur. 14 may (dushanba)
“Dinamo” – “Andijon”
Bosh hakam:
Jasur Muxtorov.
Qanot hakamlari: Ravil SHoyaxmetov, Server Eremeev.
Nazoratchi: Farhod Abdullaev.
O'yin boshlanish vaqti: 18:00.


O'ZARO O'YINLAR: USTUNLIK «DINAMO»DA
Statistikaga nazar tashlar ekanmiz, “Dinamo” va “Andijon” chempionat doirasida 40 marta o'zaro to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 18 tasida “Dinamo” “Andijon”ni mag'lub eta olgan. 14 o'yinda esa andijonliklar g'olib bo'lishgan. 8 ta o'yinda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

OCHKOLAR…
“Dinamo” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Andijon” darvozasiga 62 ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 51 ta. “Burgutlar” o'zaro o'yinlarda 50 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “Arslonlar” 62 ochkoni qo'lga kirita olishgan.

ENG YIRIK HISOB…
“Dinamo”ning “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1ni tashkil qiladi. O'shanda samarqandliklar safida Hamdam Rahmonov zaxiradan maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylangan. Bu chempionatdagi rekord natijadir.

“Andijon”ning “Dinamo” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi esa – 4:1ga teng.

Samarqandda o'tgan so'nggi 5 uchrashuv:
26.06.2015 «Dinamo» - «Andijon» 2:1
27.08.2014 «Dinamo» - «Andijon» 2:0
19.10.2012 «Dinamo» - «Andijon» 3:0
21.05.2011 «Dinamo» - «Andijon» 3:1
27.05.2010 «Dinamo» - «Andijon» 2:0

«Dinamo» 1993 yildan buyon Samarqandda «Andijon»ga mag'lub bo'lmagan. Ko'ramiz, anana bu safar ham davom etarmikan...

BILASIZMI...

“Dinamo” Samarqandda o'tgan o'zaro 19 ta o'yinning 13 tasida g'alaba qozongan. 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

“Andijon” o'z tarixida bir marotiba - 1993 yilda Samrqanddan g'alaba bilan qaytgan. SHundan keyin bo'lib o'tgan 18 o'yinda “Dinamo” o'z maydonida bu raqibga umuman mag'lub bo'lmagan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика