So’nggi yangiliklar

20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  0 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  3 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  11 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  19 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  41 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2

Dilshod Rahmatov: "Kolumbiya 2 ta, Litva 1 ta zal bilan Jahon chempionati o'tkazgan bo'lsa, O'zbekistonda imkoniyat bundan ham kengroq" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Kolumbiya 2 ta, Litva 1 ta zal bilan Jahon chempionati o'tkazgan bo'lsa, O'zbekistonda imkoniyat bundan ham kengroq"

Sir emaski, yaqinda FIFA tomonidan O'zbekistonga 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionati ishonib topshirildi.

Bu borada terma jamoamizning etakchi o'yinchisi Dilshod Rahmatovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Jahon chempionatini O'zbekistonga berilganligi haqidagi xabarni birinchi o'qiganizda nimalar o'tdi, qanday fikrlar yuzaga keldi?

- Xabarni o'qib juda xursand bo'ldim. Ko'zimga yosh keldi, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Murabbiylarimga qo'ng'iroq qilib tabrikladik. O'zbekistonga oddiy musobaqa emas, nufuzli Jahon chempionati mezbonligi berildi. Bu katta masuliyatligini his qilyapmiz. Jahon chempionati bekorga O'zbekistonga berilmaganini isbotlashimiz va kuchli tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. 

- SHu paytgacha Osiyo chempionatlarini yaxshi saviyada o'tkazganmiz. Nima deb o'ylaysiz, Jahon chempionatini qanday o'tkazamiz?

- To'g'ri aytdingiz. Osiyo chempionatini o'zimizda 3 marotaba qabul qilganmiz. Biz bu borada etarlicha tajribaga egamiz. Ammo mundial boshqa darajadagi musobaqa. Butun dunyodan termalar keladi. O'ylaymanki, sharoitlarimiz etarli. 2016 yil Kolumbiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida bo'lganimizda 2ta shaharda, 2dona zal bilan musobaqa o'tib ketgan. Litvada adashmasam 1ta zalda hamma uchrashuvlar o'tkazilgandi. Bizda bundan ham imkoniyatlarimiz kengroq. Toshkentda "Xumo", "Yunusobod" majmualarimiz bor. Viloyatlarda yangilari qurilmoqda. Mashg'ulot zallarimizda muammo bo'lmaydi, deb o'ylayman. Litvada bizga universitetni o'rtamiyona mashg'ulot zali berilgan. Bizda futzalga yanada etibor kuchaymoqda. Buni endi birgalikda alo darajada o'tkazamiz. 

- O'zbekiston mezbon, demak Jahon chempionatida ishtirok etishimiz aniq. Bu narsa oldindagi musobaqalarda futzalchilarga tasir qiladimi?

- Undan oldin bizda yaqinda CAFA musobaqasida to'p tepamiz. Keyin yana bir nechta yaxshi jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari, saralash bahslari, Osiyo o'yinlari kutib turibdi. Bu o'yinlar bilan Jahon chempionatiga tayyorlanamiz. Bo'shashmaymiz. Bosqichma-bosqich optimal holatda etib kelishga harakat qilamiz. Ispaniyadan biz uchun begona bo'lmagan jismoniy tayyorgarlik bo'iycha murabbiy kelmoqda. Hammasi yaxshi bo'ldi. 

- Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi. Raqiblar bu safar noodatiymi? Engildan og'ir darajaga qarab raqiblarga baho bera olasizmi?

- Oldinlari ko'p hollarda qura bizga qo'shnilarimizni taqdim qilardi. Endi esa nisbatan kuchliroq jamoalar raqiblik qiladi. Iroq har doim bosh og'riq bo'lib kelgan. 2016 yil Osiyo chempionatida 3:0 hisobida, 2018 yil penaltilar seriyasida g'alaba qozongandik. O'tgan yili Jahon chempionatiga ketishdan oldin Toshkentda o'rtoqlik o'yinida qatnashganmiz. Iroq futzal o'ynashni yaxshi biladi. Ularda Qozog'iston terma jamoasining sobiq murabbiyi Kakao ishlamoqda. Uni butun dunyoda yaxshi bilishadi. Osonlikcha o'yinni berib qo'ymaydi. Malayziya va Kambodja ham rivojlanmoqda. Malayziya o'sishga erishganini ko'rdim. Kambodja biroz notanish raqib. 

- Dilshod Rahmatov Jahon chempionatida o'ynaydimi? CHunki o'zingizni futzal maktabingiz faoliyati ham ketmoqda...

- Xudo xohlasa Osiyo va Jahon chempionatida o'ynash niyatim bor. Murabbiylar ishonch bildirishsa, hali o'ynayman. Jahon chempionatidan keyin bir qarorga kelishni o'ylayapman. "Family Team" futzal maktabimizni faoliyatini olib boryapmiz. Mashg'ulotlar ketmoqda. Faoliyatimga to'sqinlik qilmaydigan yo'lini topganmiz. Yordamchi murabbiylarimiz bor, ular futzal yulduzlari. Bu futzal maktabimiz kelajakda kuchli futzalchilarni etkazib berishiga ishonaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика