So’nggi yangiliklar

14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  0 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  9 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  10 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  33 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  13 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  23 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  13

Dilshod Rahmatov: “G'alaba bilan o'zbek xalqini tabriklayman” Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: “G'alaba bilan o'zbek xalqini tabriklayman”

Teglar :  Dilshod Rahmatov
O'zbekiston futzal terma jamoasi ilk bor Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Biz terma jamoamiz safida harakat qilgan va bugungi o'yinda ikkita golga mualliflik qilgan Dilshod Raxmatovdan o'yin haqida intervyu oldik.

-  Bugungi g'alaba bilan barchangizni tabriklayman. O'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Bugungi o'yin uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Jahon chempionatiga chiqish uchun sakkiz oy tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak bir necha yildan beri Jahon chempionatini kutayotgan odamlar bor. Bugungi g'alaba bilan barcha O'zbekiston halqini tabriklayman. Gol urishimda barchani jamoadoshlarim menga katta yordam berishdi. Ularga raxmat aytaman. Jahon chempionatiga chiqqanimiz bilan barcha jamoadoshlarimni tabriklayman. Bugun orzuyimiz amalga oshdi.


-  Ilk golni Iroq terma jamoasiga urganingizdan so'ng ko'nglizdan qanday kechinmalar o'tdi.
-  Albatta gol urganimdan xursandman. Meni o'rnimda boshqa futzalchi ham bo'lishi mumkin edi. Muhim uchrashuvlarda gol urish albatta yoqimli.

-  Iroq terma jamoasi haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Iroq terma jamoasini o'yinini ko'rgan bo'lsangiz darvozabonimiz Rustam Umarov uchun anchagina qiyinchilik tug'dirishdi. Bizga murabbiylar ko'rsatgan ko'rsatmalarini alo darajada bajargan bo'lsak ham ular biz kutgandan ko'ra yaxshiroq o'yin namoyish etishdi. Ular ham bizni o'yinimizni ko'rib shunga yarasha tayyorlangan. Biz o'zimizga yaratilgan vaziyatlardan yaxshi foydalandik. Ular shbu vaziyatlardan foydalana olishmadi sababi bizning davrozabonimiz kuchchli (kuladi).

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика