So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  2 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Dilshod Nuraliev: "Yoshlar bilan birinchi ligada o'ynash qiyin, lekin foydali" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Yoshlar bilan birinchi ligada o'ynash qiyin, lekin foydali"

Bu yil "Paxtakor-2" boshqaruv postida mehnat qilayotgan Dilshod Nuraliev tarkibni asosan 1995 yil undan kichik yoshdagi futbolchilar ishtirokida shakllantirdi.
Bu jamoa chempionatning dastlabki ikki turida "Kosonsoy" va "Xotira-79"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsada ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. SHu bois ortda qolgan o'yinlar haqida Nuraliev bilan suhbatlashdik.

- O'tkazgan ikki o'yinimizga to'xtalishdan oldin shuni aytib o'tishim kerakki, bu yil birinchi ligada eng yosh jamoa aynan "Paxtakor-2"dir. Maqsadimiz asosiy jamoaga o'yinchilarni tayyorlab etkazib berish. SHu bois bu yil natijadan ham ko'ra ko'proq akademiyamiz tarbiyalanuvchilarini katta futbolga tayyorlab borishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.

- Albatta hali 20 yoshga to'lmagan yigitlar bilan birinchi ligada ishtirok etish qiyin. CHunki bu erdagi jamoalar safida oliy ligaga o'ta olmagan bir qator tajribali o'yinchilar bor. Garchi shunday bo'lsada biz bundan ortiqcha tashvish chekmaymiz. Sababi yoshlarni birinchi ligada pishitib boramiz. Bu foydali. Jamoamizning o'z o'yin uslubi bor. SHunga monand o'yin tashkil etishni yo'lga qo'ymoqdamiz. Ortda qolgan bahslarda shogirdlarim yomon taassurot qoldirmadi.

- CHempionatning ilk turini "Kosonsoy"ga qarshi o'tkazdik. Bu uchrashuvga turli sabablarga ko'ra o'zimiz xohlagan optimal tarkibni olib bora olmadik.

- Taqvimga ko'ra keyingi o'yinni ham Namanganda o'tkazdik. "Xotira-79" bilan ham o'yin qiyin bo'lishini bilardik. SHuni inobatga olib tarkibni kuchaytirishga etibor qaratdik. Muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynash shogirdlarimga ham quvonch bag'ishladi deb o'ylayman. SHu kuni raqibga ham oson bo'lmadi. Natija ko'rsata olmagan bo'lsakda o'yindan ko'nglim to'ldi.

- SHu o'yinlardan kelib chiqib aytishim mumkinki, yigitlarimizda turdan-turga o'sish ko'zga tashlanmoqda.

- Ushbu bosqichda imkon qadar yuqori sakkiztalikdan joy olishga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика