Dilshod Jo'raev: “Olmaliq” jamoasining natijalari hozircha yomonmas, qolganini vaqt ko'rsatadi”
19 may 2017 16:01
Yangiliklar
Dilshod Jo'raev: “Olmaliq” jamoasining natijalari hozircha yomonmas, qolganini vaqt ko'rsatadi”
Kecha oliy liga 11-turidan o'rin olgan “Olmaliq” – “Metallurg” (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu bahsdan so'ng “Olmaliq” klubi futbolchisi Dilshod Jo'raev o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Metallurg” jamoasiga qarshi uchrashuv muxlislarga
yoqadigan hujumkor o'yin bo'ldi. Bu yilgi derbi avvalgilariga qaraganda boshqacha
ruxda o'tdi. “Metallurg” xurmatga loyiq jamoa. Raqiblarimiz birinchi bo'limda juda
yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ikkinchi bo'limda esa biz o'z o'yinimizni namoyish etdik va
xaqli ravishda g'alaba qozondik. Tartibli himoya va tartibli hujum evaziga “Metallurg”ni
mag'lubiyatga uchratdik. Har bir jamoada ko'tarilish va pasayish davri bo'ladi. Fikrimcha
“Metallurg” jamoasi ushbu vaziyatdan chiqib ketadi va o'yin uslubiga ega bo'ladi. “Olmaliq”
jamoasining natijalari hozircha yomonmas, qolganini vaqt ko'rsatadi”, - deydi “Olmaliq”
klubi futbolchisi Dilshod Jo'raev.

Jahongir Sotvoldieev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar