So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  5 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

Dilshod Andaev: "Yoshlarimiz JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishini xohlayapmiz" Yangiliklar

Dilshod Andaev: "Yoshlarimiz JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishini xohlayapmiz"

Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun U-19 yoshlar terma jamoamiz Myanmadagi Osiyo chempionatining chorak finalida Tailand yoshlariga qarshi muhim uchrashuvini o'tkazadi.
Bo'lajak bahs oldidan taniqli yoshlar murabbiyi Dilshod Andaev bilan qisqacha suhbatlashdik. Kezi kelganda aytish joizki, Osiyo chempionatida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Otabek SHukurov, Asliddin Abdiev va Eldor SHomurodovning birinchi murabbiyi aynan Andaev hisoblanadi.
 
- Yoshlar terma jamoamizning har bir uchrashuvini imkon qadar TV orqali kuzatib boryapman. Musobaqagacha yigitlarni o'yin amaliyoti kam bo'ldimi yoki qandaydir hayajon bosdimi bilmadimu, guruhning dastlabki uchrashuvlarida futbolchilar o'zlarini to'liq ko'rsata olmadi. Hujumni yakunlashga kelganda oqsayapsmiz. Bu kasallik chempionatimizda ham bor.  Avstraliya bilan o'yinda yigitlar yomon taassurot qoldirmadi. O'ylaymanki o'yindan-o'yinga ular o'zlarini ko'rsata oladi.

- Albatta ushbu musobaqada uch nafar shogirdim ishtirok etayotganidan mamnunman. Eldor Otabek SHomurodov, Asliddin Abdiev istedodli futbolchilar sanaladi. Lekin hali o'z ustida ko'p ishlashi talab etiladi. Sport shundayki, o'z ustida ishlamay qo'ysa o'z-o'zidan yo'qolib qoladi. Ishomanki futbolchilarimiz uchun hali hammasi oldinda. Yigitlar bilan kun ora internet orqali gaplashib turaman.

- Boshqa hamyurtlarim qatori men ham O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga omad tilayman. Ishonamanki bugun ular Tailandni mag'lub eta oladi.  Ilohm jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelishlarini tilab qolaman. Barchamiz shuni xohlayapmiz - deydi "Mashal-2" bosh murabbiyi Dilshod Andaev.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика