So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Diego Simone: “CHLda “Real”ni mag'lub etolmagandik. Bugun buni uddalladik” Yangiliklar

Diego Simone: “CHLda “Real”ni mag'lub etolmagandik. Bugun buni uddalladik”

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simone UEFA superkubogida Madridning “Real” (4:2) jamoasi usitdan qozonilgan g'alaba haqida gapirib o'tdi.

“Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar bizga katta yordam berishdi. Korrea, Vitolo, Ximenes va Tomas ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Hisob 2:2 bo'lgach, futbolchilarim o'yin “tempi”ni oshirib borishdi. Bizda iqtidorli futbolchilar jamlanishgan. Bugun ular har tomonlama o'zlarini ko'rsata olishdi. Ular shunday harakat qilishsa, bizda g'olib chiqish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ladi. Tomasning maydonga tushishi o'yinimizni o'zgartirib yubordi. 

“Real” anchadan buyon evrokuboklar finalida mag'lub bo'lmayotgan edi. Biz “Real”ga qarshi finallarda o'zimiz istagan natijani qo'lga kirita olmaganmiz. CHLda biz ularni mag'lub etolmadik. Bugun g'olib chiqish nasib etdi. Bu o'zimizga bo'lgan ishonchni kuchaytiradi. Bugun biz bayram qilamiz. Ertadan boshlab “Valensiya”ga qarshi bellashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. 

Qatorasiga ikki marta finalda yutqazganimdan so'ng ruhiy jihatdan qiyin holatga tushib qolgandim. Kelajagim haqida o'ylay boshlagandim. Ammo hozir bu haqda o'ylashning mavridi emas. Bugun g'alaba qozondingmi, sendan yaxshisi bo'lmaydi. 

Biz uchrashuvni yaxshi boshladik. Kostaning tezkor goli bizga kuch berdi. Penalti – o'yinning eng kutilmagan “nuqta”si bo'ldi. SHundan keyin teng bahs kechdi. O'zgarishlar hal qiluvchi rol o'ynadi – biz yaxshiroq harakat qila boshladik. 

Diskvalifikaciya? Bugun minbarda judayam sovuq edi. Yaxshi tomoni yuqoridan turib o'yinni tomosha qilish va futbolchilarning harakatlarini yaxshiroq tahlil qilish imkoniyatiga egaligim edi. Ammo sen maydonda emas ekansan, jamoa va yordamchilar bilan aloqa yo'qoladi”, dedi Simone.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика