Dibala "Roma"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin Yangiliklar

Dibala "Roma"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin

Argentinalik forvard Paulo Dibala "Yuventus"ga Italiya chempionati 21-tur doirasidagi "Roma"ga qarshi o'yinda yordam berishi mumkin.

27 yoshli futbolchi bugundan umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qo'shiladi. O'yinchi tizzasidan olgan jarohati sabab maydonga tusha olmayotgan edi.

Dibala joriy mavsum A Seriya doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

"Yuventus" va "Roma" o'rtasidagi o'yin esa 6 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика