Dias 7-raqamning javobgarligi borasida gapirdi
20 sen 2018 20:50
Yangiliklar
Dias 7-raqamning javobgarligi borasida gapirdi
"Real" forvardi Mariano Dias ECHLning 1-turi doirasida "Roma"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
25 yoshli futbolchi uchrashuvning 90+1-daqiqasida o'zining chiroyli zarbasi bilan gol urishga erishgandi.
"Muxlislarning ishonchini qozonish, ularga minnatdorchilik bildirish uchun har kuni bor kuchim bilan mehnat qilyapman.
7-raqam - katta javobgarlik, mengacha bu raqamda o'ynagan futbolchilar jamoaning afsonasi bo'lib qolishgan. Jamoadagilar esa jamoadoshlar, o'zlarini raqobatchi yoki raqib sifatida ko'rmaydi.
O'yindan keyin barcha meni tabrikladi. Bundan juda ham xursandman. Jamoa juda kuchli start oldi. "Real" yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Biz bundan-da yaxshirog'ini istaymiz", - dedi Dias.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar