So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  3 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

Denis Korostichenko: "VAR vaqtni olyapti? Demak, kamchiliklar bor" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "VAR vaqtni olyapti? Demak, kamchiliklar bor"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" ustozi Denis Korostichenko fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi o'rinda raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Stadionga kelgan muxlislarimizga rahmat aytaman. O'yin qiyin o'tdi. Nima uchundir o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Buni yaxshilab tahlil qilamiz. Birinchi bo'limda gol urishimiz uchun vaziyatlar bo'lgandi, biroq foydalana olmadik. Yigitlarga oxirgi daqiqaga qadar kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun o'tkazib yuborgan gollarimizni ko'rib chiqib, navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz", – deydi Korostichenko. 

- Jamoaning markaziy himoya chizig'ida muammolar uchta o'yindan beri ko'zga tashlanmoqda. Mudofaa chizig'i vakillari bugun ikkinchi golda "uxlab" qolishdi. O'tgan turda AGMK xatolardan foydalana olmadi, "Bunyodkor" esa foydalanib qoldi. Ushbu holatni qanday izohlaysiz?

- Fikringiz to'g'ri. Himoyada kamchiliklarimiz bor. Mudofaada yaxshi harakat qilmadik. Birinchi va ikkinchi bo'limda siz aytgan xatolarni payqadim. Hozir aniq xulosani aytish qiyin. Yuqorida aytganimdek, tahlil qilish lozim. Umuman olganda, jamoam o'ziga o'xshamadi. 

- CHap qanot himoyada SHerzod Fayziev o'ynamoqda. U himoyalanishda yaxshi harakat qilishi mumkin, ammo hujumga qo'shilishda qiynaladi. Jamoada bu qanotda Dilshod Komilov bor...

- Savol uchun raxmat. O'tgan va bugungi o'yinda SHerzodga ishondik. AGMK bilan o'yinga qaraganda boshlang'ich tarkibda bitta o'zgarish qildik. Kim tayyor bo'lsa, o'shani maydonga tushirdik. Hujumkor futbolchilarimiz formaga kirib olgach, imkoniyat beramiz.

- "Lokomotiv" bu yil jon saqlash uchun kurashadimi?

- Bu haqda o'ylayotganimiz yo'q. Yuqori o'rinlarni egallashga harakat qilamiz.

- Bugun VAR bitta vaziyatni 10 daqiqa ko'rdi. Bu borada fikringiz qanday?

- VAR haqida savollar ko'p tug'ilmoqda. Hakam kamroq xato qilishga harakat qilyapti. Ammo baribir vaqt olmoqda. Demak, kamchilik bor. Savolni ularga berish kerak.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика