So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Denis Korostichenko: "Raqib jamoa ishqibozlari sizga qarsak chalishi juda yoqimli" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Raqib jamoa ishqibozlari sizga qarsak chalishi juda yoqimli"

Pro liganing 5-turida Qo'qonda qozonilgan irodali g'alabadan so'ng "Lokomotiv" ustozi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Denis Korostichenko: "Yigitlar va klubimizni g'alaba bilan tabriklayman. Qo'qonga kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bir kishi kam bo'lsak ham g'alaba qozondik, bu yigitlar borini berib o'ynaganini bildiradi. Ularga rahmat. Murabbiylar shtabi va shaxsan Mirko Yelichichga minnatdorchilik bildiraman, bu uning g'alabasi.

Birinchi bo'limda o'yinimiz biroz o'zshamadi, keyinroq tahlil qilamiz. Ikkinchi bo'limda kamchilik bo'lib qoldik va mag'lubiyatga uchrayotgandik. Oldinga borishdan boshqa choramiz yo'q edi. Gollar urdik va g'alabaga erishdik. Qo'qonlik muxlislarga ham rahmat aytmoqchiman, raqib jamoa ishqibozlari sizga qarsak chalishi juda yoqimli. "Qo'qon-1912"da Timur Kapadze bilan yarim yil ishlaganman, klub hali ham qalbimda.

- "Lokomotiv" so'nggi 2 yil davomida Qo'qonda g'alaba qozona olmayotgandi. Bu lanat deb o'ylaysizmi?

- Ha, har doim Qo'qon jamoasiga qarshi o'yinlar qiyin o'tgan. Nihoyat bu seriyani to'xtatdik. G'alabali yurishimiz davom etadi deb o'ylayman.

- "Lokomotiv" olgan qizil kartochka jamoaga qo'shimcha motivaciya berdimi?

- Ha. Tanaffusda yigitlarga murojaat qilib, birinchi bo'limdagidan ikki baravar kuchliroq ishlash kerakligini tushuntirdik. Yigitlar haqiqatdan ham motivaciya olishdi.

- O'tgan mavsum "Lokomotiv" "Turon" bilan Superligada qolish uchun juda yomon o'yin ko'rsatgandi, bugun jamoa ancha yaxshi harakat qildi...

- "Turon"ga qarshi bahsda alamli mag'lubiyatga uchradik. O'shanda Superliga tugab, 2 hafta raqib topa olmaganmiz. "Turon" esa formada bo'lgan. Buni bahona qilib ko'rsatmoqchi emasman. Pro ligaga tushganimizdan so'ng bazi futbolchilar jamoamizni tark etishdi, boshqa futbolchilar kelishdi. Mavsum endi start oldi va yigitlar hali o'z so'zini aytishadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика