So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  17 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Denis Korostichenko: "Qo'qon-1912" bilan qanday istagan bo'lsak, shunday o'yin namoyish qildik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Qo'qon-1912" bilan qanday istagan bo'lsak, shunday o'yin namoyish qildik"

Pro-liganing 17-turi doirasida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirdi.


- Ilk navbatda barchani, "Lokomotiv"dagilarni, muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Muhim g'alaba. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, qanday istagan bo'lsak, shunday o'yin namoyish qildik. Birinchi bo'limda ham, ikkinchisida ham rejalashtirgan ayrim ishlarimiz amalga oshdi. Biroq o'yin so'nggisida bo'lgan ishlarni istisno qilaman. "Qo'qon-1912" gol urganidan keyin himoyada bosim bo'ldi va vaziyatlar yaratishdi. Umuman olganda o'yin barcha uchun qiziqarli bo'ldi. Bugun yaxshi tomondan o'zimizni ko'rsata oldik va adolatli g'alabaga erishdik. 

- "Qo'qon-1912" ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirdi va bosim qilgani sari "Lokomotiv"da xatolar kuzatildi. SHunday holat kecha termamizning Meksikaga qarshi o'yinida ham bo'ldi. Nima deb o'ylaysiz, klublardagi shunday o'yin termaga ham o'tib qolmayaptimi?

- Bu erda shunday holat bor. Masalan, pressingga katta etibor beradigan jamoalar 90 daqiqa shunday o'ynay olishmaydi. Bazida biroz ortga qaytish yoki o'rtada, tayanch hududida raqibni kutib olish kerak bo'lib qoladi. Biz esa yigitlardan maydonning istalgan nuqtasida raqiblarga bosim qilish kerakligini tushuntiryapmiz. Menimcha termadagilar ham bu o'yinlardan nimalar istaganini bilishadi. Ularda ham, bizda ham kuch qolmagan deb bo'lmaydi. Raqib ham bor, ular qarab turishmaydi va o'z vaziyatlarini yaratishadi. Barchani ayta olmayman, biroq umuman olganda jamoaning jismoniy tayyorgarligi yaxshi holatda. Hozir 90 daqiqa mobaynida yuqori tempda o'ynay olishimiz mumkin. Biroq so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborilgandan keyin bosim ostida qolish, endi bu jismoniy emas, ruxiy bosimga kiradi. 

- Noqulay raqib degan faktorga ishonasizmi? "Lokomotiv" 7 yil deganda "Qo'qon-1912"ni o'z maydonida mag'lub etdi.

- Qachonki o'yinlarga tayyorlanayotganda raqibning o'yinini tomosha qilib turib, bunday holatdan foydalanish kerak, bunisidan ham degan fikrlar keladi. Maydonga chiqqanda esa jamoalar boshqacha o'yin namoyish qilishadi. "Lokomotiv"ga qarshi esa raqiblar ikki karra yuqori kuch bilan o'ynashadi. Umuman olganda biz Superliga darajasidagi klubmiz. Raqiblarning ikki-uch karra yuqori rux bilan o'ynashining sabablari bor. CHunki biz chempion bo'lganmiz, O'zbekiston futbolidagi grandlardan biri hisoblanamiz. SHu sababli o'yinlar og'ir o'tyapti. Etti yil deganda g'alaba... Miyamga o'tgan mavsumda "Qo'qon-1912"dan uchralgan mag'lubiyat keldi. O'shanda ular ikki zarba berib, ikki gol urgandi. O'shanda ham mag'lub bo'lishimiz kerak edi deb hisoblamayman. Balki, ular rostdan ham noqulay raqib bo'lgandir.

- Maruf Jumaevning zaxiradan maydonga tushib, bir daqiqadayoq gol urgani haqida nima deysiz?

- Gap yo'q, bravo. Yaxshi o'zgarish bo'ldi. Jamoa o'yinini kuchaytirdi.

- Bugun gol va assist qayd etgan Abubakir-Rizo Turdialiev "Lokomotiv"ning birinchi davradagi o'yinni qanchalik o'zgartira oldi?

- Bizga yaxshi tayanch yarim himoyachisi kerak bo'lgandi. CHunki mavsum boshida biz Boyan Naydenovga katta umid bog'lagandik. Biroq uning salomatligi sababli birinchi davrada ishlar joyida bo'lmadi. To'pig'idagi jarohati bois ikkinchi davrani ham zaxirada boshladi. SHu sababli bizda tayanch yarim himoyachisi kerak bo'lgandi. Abubakir-Rizo varianti chiqqanidan keyin imkoniyatdan foydalanib qoldik. Uni Superliganing ko'plab klublari o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qildi. U jamoani yaxshigina kuchaytira oldi, himoyaga mustahkamlik qo'shdi. U asta-sekinlik bilan jamoaning etakchisiga aylanib bormoqda.

- Boyan Naydenovni "Lokomotiv"ning proval transferi desa bo'ladimi? U jamoaga kelgunicha jarohati bo'lgan, shartnomasi bo'lgani uchun uni ketkazib yubora olishmagan.

- Bunday deya olmayman. CHunki u jamoaga katta foyda keltira oldi. Jarohat esa barchada bo'lishi mumkin. Barchasi jarohatning qanchalik jiddiyligiga bog'liq. Uni tibbiy ko'rikdan o'tkazdik, jarohati unchalik jiddiy bo'lib chiqmadi. Davolandi va ikkinchi turdanoq safga qaytdi. SHu orqali u birinchi davra oxirigacha jamoaning foydali futbolchisi bo'lib turdi. Hali mavsum yakunigacha 5ta o'yinimiz bor. U hali jamoaga ko'p yordam beradi. Demak, uning transferi proval bo'lmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика