So’nggi yangiliklar

19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  0 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  6 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" (матнли трансляция)  4 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  5 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4

Denis Korostichenko: "Qizilqum"ga bugun juda qiyin bo'ldi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Qizilqum"ga bugun juda qiyin bo'ldi"

O'zbekiston Kubogi 2-turi doirasida "Qizilqum" maydonidagi g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ilk navbatda barchani g'alaba bilan tabriklayman. G'alaba adolatli bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yin bobida yomon ko'rinmadik, ikkinchi bo'limda esa biroz sustlashdik. Muhimi ishni g'alaba bilan yakunladik. Raqiblarimizga esa bugun o'ynash qiyin bo'ldi. CHunki ular deyarli to'liq o'yin kamchilik bo'lishdi. SHu sababli ularga bugun og'ir bo'ldi deb o'ylayman. "Qizilqum"ga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman.

- Bugun har ikki jamoada qizil kartochkali holat bo'ldi. Bu haqida nima deya olasiz?

- O'yindagi birinchi qizil kartochkani ko'rmay qoldim. U erda nima bo'lganini bilmayman. Qo'pol o'ynagan deyishdi. Bizning chetlatish esa ikki marta hujumni buzish sababli bo'ldi. Epizodlarni ko'rib chiqamiz. 

- Jamoa 6 ochkoni qo'lga kiritdi va pley-offga chiqishni uddaladi. Guruhdagi so'nggi o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ladi? Rejalar o'zgaradimi?

- Ilk navbatda biz 4 kundan keyin bo'ladigan "Mashal"ga qarshi bahs haqida o'ylaymiz. Keyin esa Samarqand safari bizni kutib turibdi, "Yunired"ga qarshi o'ynaymiz. SHu sababli hozir etiborimiz chempionat o'yinlariga qaratiladi. SHundan keyin "Dinamo"ga qarshi bahs bo'ladi. Ana o'shanda bu uchrashuv haqida o'ylaymiz.

- Bugun "Lokomotiv" murabbiyi Mirko Yelichich o'z tug'ilgan kunini nishonladi. Ushbu murabbiy haqida nima deya olasiz?

- Barcha uning yuqori darajadagi mutaxassis ekanligini yaxshi biladi. U uch marta "Lokomotiv"ni chempion qilgan. O'shanda "Lokomotiv" taktik tomonlama barchani yutgandi. SHu sababli o'sha g'alabalarda Mirkoning xizmati katta bo'lgan deya olaman. Va shuningdek, ushbu mavsumdagi o'yinlarda ham u katta masuliyatni bo'yniga olmoqda. U bunday tabriklovga loyiq.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика