So’nggi yangiliklar

17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  5 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  6 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  1 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  11 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  16 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11

Denis Korostichenko: "Pro liga oson o'tgani yo'q" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Pro liga oson o'tgani yo'q"

Pro liganing 22-turi doirasida "Navbahor-Farm" maydonidagi g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ilk navbatda muxlislarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Gap yo'q, ular bugun yaxshi o'ynashdi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bizda ham, raqiblarda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Omadimiz kelib, uchta gol urdik. Ikkinchi bo'limda esa ikki tomon ham yaxshi o'ynadi. Raqiblar yana gol urishlari mumkin bo'lgandi. SHunday o'yin namoyish qilganlari uchun yigitlarga rahmat aytaman. Umuman olganda, g'alabaga loyiq edik. 

- Pro-liga musobaqalari qanday o'tdi? Liga haqida taassurotlaringiz.

- Oldin ham aytdim, oson bo'lmadi. Har xil jamoalarga qarshi o'ynadik. Bazi jamoalar yaxshi himoyalansa, ayrimlari hisobni ushlab tura olar ekan. Bazi jamoalar esa futbol o'ynashni istashdi va shunga yarasha harakat qilishdi. Albatta, bunday jamoalarga qarshi o'ynash qiziqarli bo'ladi. CHunki o'yinlar ham ochiq kurashlar ostida o'tadi, vaziyatlar ko'proq yaratiladi. Kimlardir himoyaviy o'yinni maqul ko'rdi. SHu sababli barchasi oson o'tdi deb bo'lmaydi. Og'ir o'yinlar ham bo'ldi. Asosiysi - vazifa bajarildi.

- Jamoa Superligaga qaytdi. Klub jamoa oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan? Rejalar qanday?

- Bugun so'nggi o'yinni o'tkazdik. Rahbariyatdagilar ushbu o'yindan keyin majlis bo'ladi, unda hamma narsa malum qilinadi, deb aytishdi. 

- Ushbu mavsum Pro-ligada 11ta jamoa bo'ldi. Bu futbolchilarning o'yin amaliyotiga kamlik qilmaydimi?

- To'g'ri. Noyabr boshlanmasidan mavsum yakunlandi. Endi ikki oy davomida rejalar tuzamiz. Albatta, o'yinlar juda kam va bu ko'proq bo'lishi kerak edi deb o'ylayman. Balki uchta davrali qilish kerakdir yoki o'tgan yili 1dan 6-o'rinni olganlar yana o'zaro o'yinlar o'tkazishlari kerak bo'lgandi. O'shanda jamoalar 30tadan o'yinlar o'tkazishdi. Balki keyingi yilga o'yinlar qo'shilar.

- Ushbu mavsumdagi eng qiyin o'tgan 2 o'yin.

- "Aral" maydonidagi o'yin qiyin o'tdi. Ikkinchi davrada "Dinamo" safaridagi bahs.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика