So’nggi yangiliklar

23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  2 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  3 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  12 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  19 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2

Denis Korostichenko: "Kloppga o'xshamayman, biroq shunga intilish bor" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Kloppga o'xshamayman, biroq shunga intilish bor"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – AGMK uchrashuvidan so'ng Denis Korostichenko fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Biz bugun o'tgan mavsumda 3-o'rinni qo'lga kiritgan jamoaga qarshi bahs olib bordik. Raqib tajribali murabbiyga ega kuchli jamoa edi. Ularga qarshi o'ynash qiyin. AGMK bir necha yillardan buyon chempionat etakchilaridan biri bo'lib kelmoqda. 

Afsuski, ob-havo ham o'yin sifatiga tasir o'tkazmasdan qolmadi. O'yin tezligiga ozroq tasir qildi. Biz kurashlarga boy o'yin kutgandik. 

Yigitlarimizga o'yin uchun tashakkur deyman. AGMKdan ko'ra yaxshi holatda ekanligimizni ko'rsatdik. Raqibda asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi o'yinda qatnashmadi. 

- Bilamizki, yoshlar bilan yaxshi ish olib borasiz. Bu "Loko"da ham ko'zga tashlanmoqda. Qanday qilib yoshi katta o'yinchilar va yosh futbolchilar o'rtasidagi uyg'unlikni yarata olmoqdasiz?

- Ushbu mavsumda ko'plab tajribali futbolchilar jamoamizni tark etishdi. Jamoada bir nechta tajribali va o'rta yoshdagi futbolchilar, shuningdek, yoshlar jam bo'lishdi. Umid qilamanki, yosh futbolchilarimiz bizni xursand qilishda davom etishadi, biz ularga ishonamiz. 

- Gol nishonlashingiz va emociyalar orqali Yurgen Kloppga o'xshab ketyapsiz. Bu borada fikringiz qanday?

- Bu haqda ko'pchilik aytmoqda. To'g'risini aytsam, menga "Liverpul" yoqadi, bolalikdan shu jamoaga muxlislik qilaman. Yurgen Klopp "Liverpul"ga kelganidan xursandman. Unga o'xshamayman, biroq shunga intilish bor. 

- G'ulomhaydar G'ulomov va Kaxi Maxaradze markazda ajoyib tandem hosil qilishdi. Ammo Kaxi 2-taymda zaxiraga olindi. Bu nima bilan bog'liq?

- Ha, ular birgalikda yaxshi tandem bo'lishdi. Hammasini inobatga oldik. Kaxi charchab qolganini bois uni almashtirdik.

- Murabbiylar o'yinga tayyorlanish chog'ida yomg'irli ob-havoni ham hisobga olishadimi?

-  Albatta, bu inobatga olinadi. O'tgan kuni shu sabab bilan mashg'ulot bo'lmadi. To'liq mashg'ulot o'tkazmadik. Murabbiylar ob-havoga qarab tarkib tuzadi va taktikalarni joriy qiladi. 




Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика