Denis Korostichenko: "Jamoa meni yaxshi kutib oldi"
		
		24 okt 2022 13:55
        Yangiliklar	
	
				
				Denis Korostichenko: "Jamoa meni yaxshi kutib oldi"
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko "Championat.Asia" nashriga jamoaga qaytishi va "Paxtakor"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida gapirib berdi.
			"Jamoa meni yaxshi kutib oldi, yigitlar bilan biroz suhbatlashdik. Hammani ko'rganimdan juda xursandman. Lekin hozir bor etiborimiz bo'lajak o'yinlarga qaratilgan. Hozir biz uchun har bir o'yin finalga tengligini hamma tushunib turibdi. Biz faqat natija haqida o'ylashimiz kerak. "Paxtakor" bilan bugungi o'yinda chiroyli futbol ko'rsatishimizni kutyapman va g'alaba qozonishimizga umid qilaman", – dedi Korostichenko.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv"ni yaqin vaqtgacha Server Jeparov boshqarib kelayotgandi, u jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli ishdan bo'shatildi. Bir necha kundan so'ng klubni yana Denis Korostichenko boshqarishi malum bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar