So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Denis Ivankov O'zbekiston terma jamoasida ishlaydi Yangiliklar

Denis Ivankov O'zbekiston terma jamoasida ishlaydi

O'zbekistonda faoliyatini davom ettirayotgan darvozabonlar murabbiylari ichida Denis Ivankov alohida hurmatga loyiq inson.

Ushbu mutaxassisni hurmat qilmaydigan futbolchi, murabbiy yoki futbolga aloqador insonni topish mushkul. Muxlislar ichida ham Ivankov alohida hurmatga loyiq mutaxassis va inson.

"Mashal" va "Nasaf"dagi faoliyati davomida ko'plab iqtidorlarni (Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, O'tkir Yusupov, Alibek Turopov, Umid Ergashev) etishtirib bergan Ivankov Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz murabbiylar shtabidan o'rin oldi.

Denis Ivankov malum muddat OTJ murabbiylar shtabida ham faoliyat ko'rsatgan mutaxassis sanaladi.

Tan olish kerak, Denis Ivankov ayni paytda Superligada ishlayotgan darvozabonlar murabbiylari orasida MTJga ishlashga eng loyiq nomzod. Uning o'zgacha mashg'ulot dasturlari va ishga bo'lgan yondoshuvi alohida etirofga loyiq.

Denis Ivankovni O'zbekistonda ishlagan va ishlayotgan darvozabonlar murabbiylari (Anvar Rashidovdan tashqari) orasida eng kuchlisi deb bilaman.

O'zbekistonda eng ko'p darvozabonlar etishtirib bergan mutaxassis Anvar Rashidov bo'lsa, hozirgi kunda Denis Ivankov bu "poyga"da ancha ildam harakat qilmoqda.

P.S. O'FA va Kuper darvozabonlar murabbiyini tanlashda adashmadi.

Reyting: +147   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика