So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  1 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

Denis Bushuev: "Bunchalik ko'p gol uramiz deb o'ylamagandim" Yangiliklar

Denis Bushuev: "Bunchalik ko'p gol uramiz deb o'ylamagandim"

O'zbekiston Kubogi 2-turi doirasida "SHo'rtan" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Turon" bosh murabbiyi Denis Bushuev o'z fikrlarini bildirdi.

- Yigitlardan minnatdorman. Bunchalik ko'p gol uramiz deb o'ylamagandim. Bu o'yin orqali biz to'g'ri yo'lda ekanligimizni his qildim. Ammo hali anchagina ishlash kerak. Natija adolatli bo'ldi, birinchi bo'limni zo'r o'tkazdik. Qisqa davr ichida to'rtta gol urib oldik. Taym yakunida esa gol qo'yib yubordik. Bu nima bilan bog'liqligini hali ko'rib chiqamiz. Ikkinchi bo'lim boshida esa bizda etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Ulardan foydalanib olib, bunday asabiy yakunga yo'l qo'ymaslik kerak edi. Yana bir bor barchani g'alaba bilan tabriklayman, klubda ishlayotganlar, biz bilan kim bir safda bo'lsa, g'alaba barchaniki. Bu muvaffaqiyat ruxiy nuqtai nazardan ham muhim edi. Endi chempionat o'yiniga tayyorlanib, turnir jadvalidagi holatni yaxshilashga intilishimiz kerak. 

- Bugungi o'yinda almashtirishlar o'zini oqlamagandek ko'rindi. Bilolxon Toshmirzaevning zaxiraga olinishi, o'yin tempini tushirgandek bo'ldi.

- Bunday deb o'ylamayman. Toshmirzaev kichik jarohat orttirib olgani uchun almashtirildi. Birinchi bo'limning o'zida bir qancha almashtirishlarni rejalashtirib qo'ygandik. Tarkibda sifatli futbolchilar ko'p, ularga o'zlarini ko'rsatishi uchun imkoniyat berish kerak. Bu erda kim yaxshi o'ynadi yoki yomon o'ynadi deb o'tirmayman. Barcha futbolchilar maydonga chiqdi va harakat qildi. Ha, nimadir o'xshadi, nimadir yo'q. Buni o'zaro gaplashib olamiz. 

- Humoyun Murtazoev bugun nega o'ynamadi?

- Tarkibimizda hujumchilar etarlicha. Aytganimdek, barchaga imkoniyat berilishi kerak. Murtazoev 4 kun oldin o'yinda qatnashdi. SHu sababli unga dam berdik. SHanba kuni navbatdagi o'yinimizni o'tkazamiz. SHu sababli hozir futbolchilarning kuchini tejash va tiklash ham kerak. Navbatdagi o'yinga esa kimning qanday holatda ekanligiga qarab tayyorlanamiz. Oldimizdagi o'yin ham qiyin va gollarga boy o'tishi mumkin.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика