So’nggi yangiliklar

23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  2 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  3 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  12 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  19 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2

Davron Isoqov: "Bizga tajribasizlik pand berdi" Yangiliklar

Davron Isoqov: "Bizga tajribasizlik pand berdi"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar hujumchisi Davron Isoqov bilan suhbatlashdik.

- O'yin haqida

- To'g'risi, bugun bizga tajribasizlik pand berdi. Jamoamiz nisbatan yosh va yaratilgan vaziyatlarda sovuqqonlik etishmayapti. O'yin tomonlama "Buxoro"dan aslo qolishganimiz yo'q. Tengma-teng o'ynadik, gol urish uchun qulay vaziyatlarga ham ega bo'ldik. Ammo bugun ikki ochko yo'qotdik. 

- O'tkazilgan ikki o'yin xususida

- CHempionatning dastlabki ikki turida "Turon" va "Buxoro"ga qarshi o'ynadik. Ikkisi ham ancha kuchli va o'z oldiga maqsad qo'ygan. Lekin jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur bahslarga astoydil tayyorlagandi. Afsuski, tajribasizlik sabab vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Ayniqsa, “Buxoro” darvozasini ishg'ol qilish uchun etarli imkoniyat bo'ldi. Omad ham etishmadi. 

- "Buxoro" haqida

- Ularda hammasi yaxshi. Jamoaga tajribali futbolchilar kelgan. CHempionatni qay tariqa o'tkazishini vaqt ko'rsatadi. 

- "SHo'rtan"ga kelishi va "Neftchi"ga o'tishi amalga oshmagani borasida

- Bu erga meni bosh murabbiy Asror Aliqulov taklif qildi. 

Qirg'iziston klubi bilan og'zaki kelishib qo'ygandik. Jamoa mashg'ulotlarida bir hafta davomida ishtirok etdim. Lekin bizning futbol ulardan ancha ustun ekan. Moslashishda ham qiyinchilikka duch keldim. SHu tomonlarini yaxshilab o'ylab ko'rgan holda ortga qaytishga qaror qildim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика