So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Davron Hoshimov: "Samvel Babayan meni qanday o'ynatishni biladi yoxud "Navbahor" uchun ortga yo'l yo'q" Yangiliklar

Davron Hoshimov: "Samvel Babayan meni qanday o'ynatishni biladi yoxud "Navbahor" uchun ortga yo'l yo'q"

Superliga klublari Turkiyada yangi mavsumga taraddudi ko'tarinki ruhda olib bormoqda.

Kunning ikkinchi yarimida "Navbahor"ning mashg'ulotida bo'lgan saytimiz xodimlari bir qator qiziqarli suhbatlar uyushtirishga erishdi. Jamoaning o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


Namanganliklar ketma-ket uchinchi yilki qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarini Turkiyada olib bormoqda. Albatta klub o'z imkoniyatidan kelib chiqib futbolchilariga shunday sharoitni yaratib berayotgani yaxshi. Lekin bu safargi yig'in nimasi bilan farq qilmoqda? Davron Hoshimovning javobi shunday bo'ldi:

 - Tayyorgarlikni har yilgiga qaraganda boshqacha boshladik. Ko'p narsalar o'zgartirildi. Tarkibimizga bir necha nafar yangi ijrochilar kelib qo'shildi. Mazkur yig'indan maksimal darajada foydalanishimiz kerak, deb o'ylayman. 

O'ng qanotdagi tezkor va tajovvuzkor harakatlari bilan raqib himoyasini yorib o'tish qobiliyatiga ega futbolchining o'yinida so'nggi mavsumda pasayish sezildi. Balki Samvel Babayan boshchiligida u avvalgi formasiga qaytar.

- O'yinimda pasayish o'zimga ham sezildi. Hozirda kerakli qoidalarga amal qilib formamni tiklashga harakat qilyapman. 2022 yilda oldimga katta maqsadni qo'ydim. Ustimda yanada ishlab terma jamoadan chaqiruv olmoqchiman. Samvel Babayan bilan "Paxtakor"da birga ishlaganim bois "Navbahor"da ushbu murabbiy bilan yanada o'sishim mumkin. Samvel Vyacheslavovich meni qanday o'ynatishni biladi. 


"Navbahor" har yili OCHL yo'llanmasi uchun kurashishni vazifa qilib belgilaydi. Lekin mavsum yakunida buning aksi kuzatiladi. Ko'p narsalari o'zgargan bu klubning joriy yilgi rejalari borasida Davron Hoshimov quyidagicha fikr bildirdi. 

- Maqsadimiz OCHLga yo'llanma olish. Faqat shuning ustida ishlaymiz. Biz uchun ortga yo'l yo'q.

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика