So’nggi yangiliklar

12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  0 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  4 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  1 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  6 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" менежери Игорь Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  4 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  2 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  19 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  9 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  20 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0

Davron Fayziev: "Sen gol urmasang senga urishadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Sen gol urmasang senga urishadi"

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.

-  Bugun o'z xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik. Kubok o'yini bitta bahsdan iborat bo'lganligi uchun bu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Sen gol urmasang, senga urishadi, degan yozilmagan qonun bekorga aytilmaydi. Mezbonlar yaratilgan 3 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalandi. Birinchi bo'limning o'zida o'yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega edik. “Qizilqum” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Ularga omad tilayman. SHu o'rinda Qo'qondan kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.

-  Davron Oripovich, o'zingiz aytganingizdek, ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bungacha har o'yinda gol urib kelayotgan SHoxnazar Norbekov asosiy tarkibdan o'rin olmadi. Buning sababi nimada?

-  “Navbahor” bilan uchrashuvda ikkita hujumchimiz jarohat olib safdan chiqishdi. Hozir bitta hujumchi qoldi. Norbekovni boshidan maydonga tushirmaganimiz bu o'ziga xos taktik yurish edi. Ro'ziev ham, Sidiqov ham hujumda o'ynay oladi. Agar hujum yo'q bo'lganida biz vaziyatlarga ega bo'lmasdik. Faqat uchrashuv bitta o'yindan iboratligi uchun biroz taktik yurish qilgandik. Keyingi o'yinga Norbekovni saqlash va kerakli paytdagina bugun o'yinga tushirishni rejalagandik. Balki bugungi bahsda natija biz uchun qoniqarli bo'lib turganida rejamiz bo'yicha Norbekov umuman maydonga tushmasligi ham mumkin edi. Bu futbol. Unda xatolar bo'ladi. Xatolar ustida ishlayapmizu, baribir yana o'sha xatolar takrorlanyapti. Demak, yana ishlashga va xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz.

-  Javohir Sidiqovni o'yiniga qanday baho berasiz?

-  Mag'lubiyatga uchragandan keyin nima deyish mumkin? Ertadan “Metallurg” bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanadi. Hozir ehtirosli o'yindan so'ng bir nima deyish qiyin. Videotakrorni ko'rgandan keyin baho bersa bo'ladi. Agar vaziyatlarni sanab bering desangiz, sanab berishim mumkin. O'z navbatida, Qo'qondan Navoiyga tashrif buyurib, bizlarni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga o'z tashakkurimni bildiraman. Aynan ular sababli biz oxirigacha o'ynayapmiz va bizda qo'shimcha kuch paydo bo'lmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика