So’nggi yangiliklar

00:22"Сельта" — "Барселона". Таркиблар маълум  13 00:21"Интер" — "Лацио". Таркиблар маълум  3 00:18"Лион" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  59 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Davron Fayziev: "O'yin hisobini ko'rib, "Qo'qon-1912" oson g'alabaga erishgan deb o'ylayotgan bo'lsangiz adashasiz" Yangiliklar

Davron Fayziev: "O'yin hisobini ko'rib, "Qo'qon-1912" oson g'alabaga erishgan deb o'ylayotgan bo'lsangiz adashasiz"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Andijon SGS” - “Qo'qon-1912" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalambor Ramazon oyida va mana shunday erta vaqtda boshlangan o'yinga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, ayni shunaqa vaziyatda maydonda yugurgan, o'ynagan har ikki jamoa futbolchilariga rahmat aytaman. O'yin hisobini ko'rib, "Qo'qon-1912" oson g'alaba qozonibdi deganlar adashadi. Kim o'yinni ko'rgan bo'lsa, biz bugun oson uchrashuv o'tkazmadik. Superligada va Pro-ligada har bir tur alohida qiziqarli o'yinlarga boy o'tayapti.

"Andijon SGS” jamoasining birinchi bo'limdagi o'yini murabbiy sifatida menga yoqdi. Ular o'z vaziyatlaridan foydalana olishganida hozir boshqacha natija bo'lishi mumkin edi. "Andijon SGS”ning adashmasam 4 yoki 5 nafar futbolchilari Ispaniyada futbol musobaqasida ishtirok etib qaytishdi. Ketma-ket o'yinlar baribir futbolchilarda charchoq alomatlarini ko'rsatadi.

- Himoya chizig'i unchalik ham yaxshi ko'rinmayapti. Bu xolat "Lokomotiv" kabi kuchli jamoalar bilan o'yinlarda pand berib qo'yishidan xavotirlanmaysizmi?

- Bugungi o'yin bilan qo'shib hisoblaganda bizda to'plar nisbati 12:6 ko'rinishiga keldi. 5 ta turda 6 ta gol o'tkazib yuborish biz uchun juda ko'p. Meni xursand qilgan jihat bugun hujum chizig'i vakillarining gol kiritishi bo'ldi. Himoyada xatolarimiz yo'q deb bo'lmaydi. Biz mashg'ulotlarda ayni shu muammolarni bartaraf etish yo'lida ishlayapmiz.  



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика