So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Davron Fayziev: "Samarqand viloyati yangi hokimi Erkinjon Turdimovni barchamiz futbol jonkuyari sifatida ham bilamiz" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Samarqand viloyati yangi hokimi Erkinjon Turdimovni barchamiz futbol jonkuyari sifatida ham bilamiz"

Dinamo - Mashal (2:0) uchrashuvidan keyin Dinamo bosh murabbiyi Davron Fayziev o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

- Muhim o'yinda ishonchli g'alaba qozonganimizdan xursandman. Ayniqsa, “Mashal” jamoasining peshqadamlardan biri ekanligini inobatga olib, o'yin og'ir kechishini bilardik. Qolaversa, “Mashal”ning so'nggi yillarda Samarqanddan g'alaba bilan qaytayotgani, xususan men kelgunimga qadar yil boshida “Dinamo”ni mag'lub etgani bu jamoaning kuchidan dalolat edi. “Mashal” bilan o'yinlardagi noxush ananaga chek qo'yganimizdan ham xursandman.

“G'oliblar muhokama qilinmaydi” degan gap bo'lsada, bosh murabbiy sifatida jamoamni tanqid qilishga haqqim bor. Bugun futbolchilarning 15 kun davomida o'yin amaliyotisiz qolganligi bilindi. Yigitlar maydonda bir-birini o'zaro tushunishda qiynalishdi. Sababi, chempionat davom etayotgan bir paytda biz o'tgan ikki turda maydonga tusha olmadik va raqib ham topa olmadik. Meni shu narsa xavotirga solgandi.

Eng asosiysi 3-davrani yaxshi kayfiyat va muhim g'alaba bilan boshladik. Barchasi rejamiz asosida kechmoqda. Yil boshida aytganimdek, oxirigacha kurashishda davom etamiz. Oldimizda juda muhim o'yinlar bor. Men yigitlar potencialiga, jamoamiz kuchiga ishonaman. Ishonmaganimda men bu erda ishlamasdim. Tarkibimizda kelajagi porloq bo'lgan futbolchilar talaygina. Qolaversa, jamoamizga rahbariyat tomonidan ham yaxshi etibor berilayotgani kuchimizga kuch qo'shadi.

Samarqand viloyati yangi hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimovni barchamiz futbol jonkuyari sifatida ham bilamiz. “Dinamo”ning keyingi o'yinlarida Erkinjon Oqbo'taevichning tashriflari kutilayapti ekan, biz ham etiborga yarasha barcha muxlislarimiz va rahbariyatning ishonchini oqlashga bor kuch va g'ayratimizni ishga solamiz.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика