So’nggi yangiliklar

09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  1 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  2 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  4 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  11 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0

Davron Fayziev: "Maydon holatini mag'lubiyatga sabab sifatida ko'rsatmagan bo'lardim" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Maydon holatini mag'lubiyatga sabab sifatida ko'rsatmagan bo'lardim"

Superliga navbatdagi turida "Qo'qon-1912" jamoasi o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qildi (0:2).




Ushbu uchrashuvdan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Davron Fayziev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, bugun turnir jadvalidagi ikkita yonma-yon turgan jamoalar o'zaro to'qnash kelishdi. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. Himoyada yo'l qo'ygan qo'pol xatolarimiz raqibning foydasiga ishladi. O'ylaymanki, keyingi turlarda yo'qotilgan ochkolarni o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz. Ikkinchi davraning dastlabki turlarini mag'lubiyat bilan boshlash alamli albatta. Yigitlar vaziyatni tushunib turibdi. Birinchi davradagi o'yinimizni, g'alabalarni qaytarishimiz kerak. Ertadan boshlab keyingi o'yinga futbolchilarimizni tayyorlashni boshlaymiz.

Birinchi taymda  vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa raqibimiz bizni xatolarimizdan unumli foydalanishga harakat qildi va qaysidir manoda bunga erishdi. Ikkinchi bo'limda yaqqol golli vaziyat yarata olmadik. Bugun birinchi bo'lib biz gol urganimizda boshqacha bo'lardi. 

Maydonga javobgar shaxslar bor, davlat imtixonlari o'tkazilgani sabab shunaqa bo'lib qoldi. Bu maydonda kecha mashg'ulot o'tkazdik. Maydon xolatini mag'lubiyatga bahona sifatida ro'kach qilish noto'g'ri bo'ladi, chunki har ikki jamoa ham mana shu maydonda harakat qildi. Davlat qabul qilgan qarorga biz qarshi chiqa olmaymiz. Bu bahona bo'la olmaydi. 

Markazlashgan chempionatda bitta hujumchi bilan harakat qildik, bungacha uydagi barcha uchrashuvlarda ikkita hujumchi bilan o'ynayotgan edik. O'yin qanday natija bilan tugashini oldindan bilmaysiz. Uyda ko'proq hujumkor o'ynaymiz. Mag'lubiyatni tan olish ham mardlik hisoblanadi. Futbol shunday o'yin kimdir g'alaba qozonadi, kimdir yutqazadi. Hali oldinda 11 ta tur o'yinlari bor , o'ylaymanki yo'qotilgan ochkolarni o'z joyiga qo'yishga ulguramiz",- deydi Davron Fayziev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика