So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  24 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

Davron Fayziev: "Etakchi futbolchilarimiz yo'qligi baribir sezildi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Etakchi futbolchilarimiz yo'qligi baribir sezildi"

Coca-Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- Qiziqarli va shiddatli kurashlar ostida o'tgan o'yin guvohiga aylandik. Bugun yutishimiz yoki mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Birinchi bo'limda o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Gol urdik, hammasi yaxshi edi. Baribir o'z uyida o'ynayotgan "Qizilqum" hujumda shiddatni oshirdi va darvozamizga to'p kiritdi. Etakchi futbolchilarimiz yo'qligi sezildi. Bizga ko'proq g'alaba zarur edi. 

- Jamoangiz ko'proq qarshi hujumda o'ynadi. Hujumlarni yakunlashda yuzaga kelgan kamchiliklarga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?

- To'g'ri, hujumlardan foydalanishda oqsayapmiz. Ammo, qarshi hujumlarimiz juda xavfli chiqdi. Balki mahorat, yoki ruhiy bosim bizga xalaqit qilgan bo'lishi mumkin. Ruhiy bosim musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimizdan kelib chiqadi. Natijaga ko'proq etibor berib o'ynadik.

- Norbekovning o'yini haqida...

- SHohnazar Norbekov biz ko'rsatgan reja asosida o'ynadi. Biz uning erkinligini ozgina taqiqlab qo'ygandik. "Qizilqum" uyda oldinga intiladi, Norbekovda bo'sh xududlar zarur. Unga oxirgi zarbalarda sovuqqonlik etishmadi. SHohnazar ko'rsatgan o'yinga etiroz yo'q.

- "Qo'qon-1912" bugun safarda 1 ochkoga ega chiqdi. Ushbu ochko g'alaba teng bo'ldimi yoki zarur 2 ochko yo'qotildimi?

- Agar o'yindan kelib chiqsak, bugun faqat g'alaba uchun kelgandik. Bugun adashmasam 10 bor durang natija qayd etdik. Bugungi ochkoni qanchalik zarurligini chempionat yakunida sarhisob qilish to'g'ri bo'ladi.

- Kubokdagi "Qizilqum" va hozirgi "Qizilqum"ning farqi qanday?

- Hech qanday farq sezmadim. Jamoa safida tajribali futbolchilar jam bo'lgan. Temurxo'ja Abduxoliqov juda yaxshi harakat qildi. Sanjar SHoahmedov, Fayzullo Qambarovlar anchadan buyon birga o'ynab kelishadi. Bugun teng o'yin bo'ldi deb o'ylayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика