Davron Fayziev: "Nasaf"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Nasaf"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman"

"Nasaf" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi.

"Avvalo "Nasaf" jamoasini haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman. O'yinda to'liq ustunlik maydon egalari tomonida bo'ldi. Uchrashuvga tayyorlagan rejamiz asosida qarshi hujumda harakat qildik. Raqib bizni xato qilishga majbur qilmoqda. O'ylaymanki, "Nasaf"ga munosib qarshilik ko'rsatdik. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular bugun yaxshi o'ynashdi. Bazi vaziyatlarda "Nasaf" darvozaboni o'zini ko'rsatdi, shuningdek darvoza to'sini ham bugun "Nasaf" foydasiga ishladi. Imkoniyatlar bo'ldi, biroq gol ura olmadik. "Nasaf" qanday jamoa ekanligini bilardik va qaerda o'ynayotganligimizni sezib turdik. "So'g'diyona" bu yilgi mavsumda osonlik bilan taslim bo'layotgani yo'q. Bizda ham "Nasaf"dek sharoitlar yaratilmoqda. Biz yangi darajaga chiqishimiz uchun biroz vaqt kerak. Feyr-pleyga amal qilmadik? Gol urgan vaziyatmizdan avval maydonda futbolchi yiqilib yotganini ko'rmadim. SHu bois feyr-pley haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Meni o'zim futbolchiga to'pni maydondan chiqarib yuborma deb aytdim", -deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Davron Fayziev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика