So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  8 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

Davron Fayziev: "Futbolchilarim ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Futbolchilarim ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi"

"Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi.
"Bunyodkor" stadionidagi mavsumdagi ilk o'yinda ishtirok etganimiz xursand bo'ldik. Bunday sharoitda o'ynash juda yoqimli. Futbolchilarim 12 oktyabr kuni yig'ilishgan edi. Umuman olganda, shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi. Uchrashuv qiziqarli kechdi. Faqatgina gollarni kamroq kiritilgani biroz bellashuv jozibasini buzib qo'ygan bo'lishi mumkin. Biz safarda yomon o'yin ko'rsatish uchun emas, ochiq va chiroyli o'yin ko'rsatish uchun kelgandik. Bugun yirik hisobda mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Agarda imkoniyatlardan samarali tarzda foydalaganimizda, natija umuman boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. O'yindan ko'nglim to'ldi. Uchrashuvdan so'ng kiyinish xonasida yigitlarga rahmat aytdim. Maydon holati juda yaxshi darajada. Bunaqangi maydonga tushib faqatgina futbol o'ynash kerak. Biz bu darajadagi oliy sifat maydonda o'ynashni orzu qilamiz.

- Futbolchilarim ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi deb aytdiz. Ammo futbolchilaringiz juda ko'p vaziyatlarda to'pni osonlikcha yo'qotib qo'yishmoqda...
- Hamma jamoalar o'z imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda futbolchilarni olib keladi. Bizlarni hozirgi darajamizni hisobga olganda, ularni o'yinlaridan qoniqmoqdaman. Ishlash uchun sharoit kerak. "So'g'diyona"ning o'z muammolari bor. Biz ichki imkoniyatlarimizga yarasha o'ynadik deb o'ylayman.

- So'nggi paytlardagi OAV tomonidan chiqarilgan maqolalar, kelishilgan o'yinlar borasidagi masalalarga qanday qaraysiz. "So'g'diyona"ning o'yinlari tushirilgan disklar yuqori tashkilotlarga jo'natilgan ekan...
- Bularning hammasi mish-mish. Emishki, Davron Fayziev o'yinlardan ishlab topgan pulini futbolchilarga bo'lib berayotgan ekan. Ular bu narsalarni qaerdan olayotgani haqida tasavvurga ega emasman. SHu bois, hech bir jurnalistlar bilan muloqot qilmayapman. Ha aytgancha, bizning jamoada video operator yo'q.


SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика