So’nggi yangiliklar

04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  4 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  6 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan posbon, jamoasiga safarda g'alaba keltirgan hujumchi - Pro ligada 1-tur laureatlari Yangiliklar

Darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan posbon, jamoasiga safarda g'alaba keltirgan hujumchi - Pro ligada 1-tur laureatlari

Bir necha kun oldin Pro liganing 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Biroz oldin tur ramziy terma jamoasini taqdim qilgan bo'lsak, navbat tur laureatlariga. 

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra Pro ligada 1-turning eng yaxshi darvozaboni - Umidjon Hamroev ("Mashal").

Bu yil qishki transferlar vaqtida "Mashal" safiga kelib qo'shilgan Umidjon Hamroev ilk turdanoq o'zini ko'rsatishni boshladi. SHu kuni "Qo'qon-1912" jamoasi raqib darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratdi. Muborakliklar posboni shu kuni juda ishonchli harakat qildi va bir nechta kuchli seyvlarni amalga oshirdi. Umuman bu turda darvozasini yaxshi qo'riqlagan kiperlar bir necha nafarni tashkil qildi. Yakunda Umidjon Hamroev tanlovida to'xtalindi. 



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi futbolchisi  - Mo'min Meliev ("Xorazm").

Jarohat sabab bir yilga yaqin vaqtni maydon tashqarisida o'tkazgan Mo'min Meliev yana katta futbolga qaytdi. Hujumchi qaytishini "Xorazm" safida gol bilan boshladi. "Olimpik Mobiuz"ga qarshi kechgan o'yinda uning yagona goli "Xorazm"ga mehmonda 3 ochko keltirdi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 1-turning eng yaxshi murabbiyi  - Ruslan Ahmedov ("Xorazm").

Pro liga jamoalari orasidan mavsumni faqat 2 ta jamoa g'alaba bilan boshladi. "Aral" uyda "Do'stlik"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Xorazm" safarda "Olimpik Mobiuz"ni taslim qilishni uddasidan chiqdi. Ruslan Ahmedov shogirdlari mehmonda o'ynaganiga qaramasdan ishonchli harakat qildi va ortga yutuq bilan qaytdi. 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика