D‘Ambrozio: "Inter" uchun maoshimning pasayishiga ham rozi bo'lganman"
02 jan 2022 13:46
Yangiliklar
D‘Ambrozio: "Inter" uchun maoshimning pasayishiga ham rozi bo'lganman"
"Inter" yarim himoyachisi Danilo D‘Ambrozio maoshining pasayishiga ham rozilik bergan.
33 yoshli futbolchi jamoasini o'zgartirmoqchi emas. U klub taklif qilgan shartnomaga rozilik bergan.
"Maoshimning kamayishiga rozi bo'ldim. CHunki bu ranglar men uchun eng muhimi. Faoliyatimni "Inter"da yakunlashni istayman.
"Inter"ga kim kelishidan qati nazar barcha uchun qoidalar bir ekanligini hamma bilishi kerak. Libosning orqa tomonidagi nom oldi tomondagi emblema uchun munosib bo'lishi lozim", - dedi futbolchi.
Danilo D‘Ambrozio 2013 yildan buyon "Inter"da o'ynamoqda. O'tgan mavsumda u jamoa bilan A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi yagona sovrin hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar