Daglish: “Mourino” “Liverpul”ga qarshi “avtobus” qo'yish huquqiga ega”
13 okt 2017 01:55
Yangiliklar
Daglish: “Mourino” “Liverpul”ga qarshi “avtobus” qo'yish huquqiga ega”
“Uch yil ilgari Joze “CHelsi” bilan kelganida ham u shu uslubdan foydalangan va bu unga foyda keltirgandi. “CHelsi” professional tarzda harakat qilgan va va raqib xatolarini kechirmagandi. Buning uchun Mourinoni tanqid qilish noto'g'ri.
O'tgn mavsumda u “MYU” bilan “Enfild”ga tashrif buyurdi. Uslub deyarli o'sha-o'sha edi. O'shanda o'yin oxirida Zlatan Ibragimovich qulay imkoniyatdan foydalanganida, g'alaba qozonishlari mumkin edi. SHu bois aminmanki, Joze bu gal ham juda ehtiyotkor bo'ladi. CHunki uning jamoasi kuchli oltilikdagi jamoa bilan ilk uchrashuvni o'tkazadi.
Mourino katta bahslarda g'olib chiqish yo'lini biladi. Agar u “avtobus” qo'yib, natijaga erishishni istasa, bu uning tanlovi. Yurgen Klopp esa jamoadan boshqacha o'yin namoyish etishini istaydi.Uni durang qoniqtirmaydi, Klopp faqat g'alaba qozonishni istaydi”, deya Daglishning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mirror.
Fikrlar