So’nggi yangiliklar

22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  37 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  75 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  0 20:58Суперлига. "Динамо" - "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  4 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  20 20:10"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  7 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  12

D-daraja: O'zbekistonda kuchli hujumchi yo'q Yangiliklar

D-daraja: O'zbekistonda kuchli hujumchi yo'q

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

O'z oldiga katta maqsad qo'ygan jamoalar transfer bozorida hech kimning og'zini ochtirmayapti. Ularning matbuot xizmatlari esa yangidan yangi "b-u-u-u-m!"larni yasashdan charchamayapti (Masalan, "Loko" Alisher Salimov transferida telegramni "portlatdi"). Lekin ular orasida chinakam "chaqnash"ga sabab bo'lgani ko'rimagandek. CHunki transfer oynasidagi katta nomlar ham ortiq katta futbolchilarday ko'rinmayapti. 

Masalan, Temurxo'ja Abduxoliqovning "Qizilqum"ga o'tishi va unga juda katta maosh taklif qilinayotgani to'g'risida xabar chiqdi. Umuman olganda, 1991 yilda tug'ilgan forvard chempionatimizning oldingi mavsumida to'purarlar poygasining oldingi qatoridan joy oldi. Biroq, bugungi holatda Superliganing eng yaxshi to'purari o'z jamoasini almashtirsa ham, chinakam "bum"ni berolmaydi (Qachonki, autsayderlar safida paydo bo'lmasa). Barchasi oddiy: ligamizda haqiqiy "yirtqich"lar qolmadi. SHu tufayli o'rtamiyona futbolchilar yomonlarning fonida avliyo bo'lib ko'rinadi.

Masalan, o'rta hisobda har 310 daqiqada 1 dona gol uradigan forvard bor. Yana ham aniqlashtirsak, u har 7 taymda 1 marta raqib darvozabonlarini ranjitadi. Juda past natija, to'g'rimi?..

Lekin bu 2021 yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisiga tegishli ko'rsatkich (Abduxoliqov). Keling, o'tgan mavsumda hujumchilar tomonidan kiritilgan sof gollarni sanaymiz (yani, penaltilar hisobdan chiqariladi). SHunda "Oltin butsa"ni qabul qilib olgan Dragan CHeran (aslida mukofot Sobir Xodievga topshirildi) yil davomida 16 emas, 8 ta gol urdi. Temurxo'janing "hisob raqami"da esa atigi 6 ta to'p qoldi. 

Futbol g'alaba uchun o'ynalishi, yutuq gol orqali qo'lga kiritilishini bilasiz. To'p kiritish uchun, avvalo, zarba berish kerak. Hujumchilar barcha zamonlarda yashil maydondagi asosiy "zambarak"lar bo'lishgan. Masalan, Levandovski boshqalardan ko'proq gol urishining hech qanday ilohiy siri yo'q. SHunchaki, Robert raqib darvozasini har o'yinda 4,6 marta (o'rtacha) "o'qqa tutadi". Ko'proq harakat, ko'proq zarba — tabiiyki, ko'proq gol. Bizda esa bu raqam juda past...

O'zPFL matbuot xizmati malumotiga ko'ra, 2021 yilgi mavsum davomida raqib darvozasiga eng ko'p aniq zarba yo'llagan futbolchi Temurxo'ja Abduxoliqov bo'lib, u qarshisida kiperlarni 32 bor sarosimaga solgan (o'rtacha 1,4). Takidlanganidek, bu eng yaxshi natija va endi markaziy hujumchilarimiz saviyasini tiniq ko'rsatib beradigan aniq raqamlarga o'tamiz.

"Paxtakor" rahbariyati jamoa safiga yangi qo'shilgan Mirjahon Mirahmadovdan har o'yinda gol kutmasligi kerak. Statistika "gapirib tashlasa", sobiq "qaldirg'och" har o'yinda o'rtacha 1 marta aniq zarba yo'llaydi va ularning 40 foizi golga aylanadi.

Mavsum davomida o'z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo'ygan SHohruz Norxonov esa har o'yinda zarba berishni uddalab kelmoqda.

SHohnazar Norbekovning "kambek"ini xursandchilik bilan qabul qilgan "Metallurg" muxlislariga ham "suvni ko'rmay" quvonmaslikni maslahat beramiz. Golni qo'ya turing, 1994 yilda tug'ilgan hujumchi har 4 ta taymda 1 ta aniq zarba yo'llaydi. Eng qizig'i, bekobodliklar tarkibiga qo'shilgan 2-forvard — Zabihullo O'rinboevning ko'rsatkichi ham xuddi shunday. Demak, ikkala hujumchi tandemda maydonga tushsa, to'pni 90 daqiqa davomida birgalashib 1 martagina darvozaga aniq yo'llashi mumkin. Gol bo'lish-bo'lmasligi boshqa masala.

Barcha forvardlarni sharmanda qilmaslik uchun mavzuni yopamiz. Xullas, Jafar Irismetov, Anvar Berdievlar tarixda qolib ketgan. Buni tushunishimiz kerak. Bugungi chempionatimizda top darajadagi hujumchi yo'q. Agar 2022 yilda kimdir (penaltilarsiz) 15 ta gol ursa ham, kutilmagan natija bo'ladi. Xet-trik, pokerlar-ku bayram bo'ladi. Terma jamoaga kelsak, bor umidimiz Qozog'istonda chempion bo'lgan Igor Sergeev yoki asosiy vaqtini "Roma"ning zaxira o'rindig'ida o'tkazayotgan futbolchidan...

Aqrab Aliev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика