CSKA bilan o'yin, o'tkazib yuborilgan gollar, keyingi uchrashuv borasida Artyom Filiposyan qanday fikrda?
		
		28 iyu 2022 20:16
        Yangiliklar	
	
				
				CSKA bilan o'yin, o'tkazib yuborilgan gollar, keyingi uchrashuv borasida Artyom Filiposyan qanday fikrda?
"Mazkur o'yin qiyin bo'lishini bilardik. CHunki o'z maydonida o'ynayotgan har bir jamoa to'liq kuch bilan harakat qiladi. Muxlislar daldasi katta yordam beradi. Biz esa muhim g'alabaga erishib, maqsadimiz sari yana bir qadam tashladik. Lekin o'yin juda qiyin kechdi", – dedi Filiposyan.
- O'tkazib yuborilgan gollar xususida nima deya olasiz?
- Har safar himoyachilar va darvozabon nolga o'ynashi juda qiyin ish. CSKA bilan bahsda ikkita to'p olib chiqdik. Demak, biz o'yin nazoratini qo'ldan chiqardik. SHunga qaramay, maqsadimiz g'alaba qozonish edi va buning uddasidan chiqa oldik. Asosiysi, shu.
- "Oltin Asr" bilan bo'ladigan bahsdan nimalarni kutyapsiz?
- So'zsiz bu finalga teng o'yin bo'ladi. Ertadan boshlab bo'lajak raqibimizni o'rganishni boshlaymiz. Biz faqat g'alabani o'ylashimiz kerak, chunki peshqadam jamoa keyingi bosqichga yo'llanma oladi. "Oltin Asr"ni mag'lubiyatga uchratishimiz muhim ahamiyatga ega. Xudo xohlasa, biz "Oltin Asr"ni mag'lub etamiz va O'zbekiston xalqini quvontirgan holda ortga qaytamiz.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar