So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Rasman: Coca Cola Superligasi so'nggi turi 1 kun keyinga surildi Yangiliklar

Rasman: Coca Cola Superligasi so'nggi turi 1 kun keyinga surildi

Buni O'zPFL tasdiqladi.

"Coca Cola Superligasi 2022 yilgi mavsumi yakuniga yana 3 ta tur qoldi. Ayni vaqtga kelib sovrinli o'rinlar masalasi, Pro ligaga yo'l oluvchi ikkinchi jamoa nomi hamda pley-off uchrashuvi ishtirokchisi aniq bo'lib ulgurmagan. Har tur va har bir bellashuv qiziqarli, kurashlarga boy o'tayotgani milliy chempionat uchrashuvlariga fayz kiritmoqda, deya olamiz.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Qatar mezbonligidagi Jahon chempionatini inobatga olib, Coca Cola Superligasi so'nggi turini bahordayoq 19 noyabrga rejalashtirgandi. Biroq O'zbekiston milliy terma jamoasining 16 noyabr kuni Qozog'istonga qarshi bellashuvda maydonga tushishi masalasi kuz oyida malum bo'ldi. Natijada biz 26-turni 11 noyabrga qadar surish rejasini ishlab chiqdik. Boisi, milliy terma ustozi Srechko Katanec terma bilan yig'inni 12 noyabrda boshlashni rejalashtirgan.

Malum bo'lishicha, 11 noyabr kuni Samarqand shahri Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga mezbonlik qiladi. Samarqand ketma-ket ikkinchi bor yirik tadbirni qabul qilayotganidan kelib chiqib, MTRK texnikalari 11 noyabr kuni mazkur shaharga jalb etiladi.

SHu kuni Samarqand shahrida "Dinamo" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bor. Qolaversa, so'nggi tur bellashuvlari Reglament asosida bir vaqtda start olishi taminlanishi kerak. Tabiiyki, mazkur jarayonda hal qiluvchi 7 ta bellashuvni o'tkazish translyaciya masalasida muammolar keltirib chiqaradi. Televidenie biror obektga o'z texnikalarini o'rnatib, uni qayta demontaj qilishi jarayoni ham bir necha soatlarga cho'ziladi. SHunga qaramay, MTRK bilan hamkorlikda barchasini tezlashtirish chora-tadbirlari ko'rilmoqda. Bu esa Coca Cola Superligasi so'nggi tur uchrashuvlari bir kunga kechiktirilishini talab etadi.

So'nggi tur bellashuvlari muxlislarga yaxshi futbol uchrashuvlarini taqdim etishiga shubha yo'q. Bu jarayonda shaffoflikni taminlash uchun O'zPFL bellashuvlarning jonli efirga olib chiqilishidan manfaatdor. Mazkur jihatlar inobatga olinib, 26-tur 12 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Futbol muxlislari hamda Coca Cola Superligasi ishtirokchilaridan mazkur vaziyatni to'g'ri tushunishlari so'raladi.

O'z navbatida MTRKga vaziyatdan chiqish uchun biz kabi rejalarini o'zgartirayotgani hamda barcha uchrashuvlarni jonli efirga olib chiqishdagi harakati uchun minnatdorchilik bildiramiz", – deyiladi PFL xabarida.

Avvalroq "Eshitdik-da!" rukni ostida Coca Cola Superligasi oxirgi tur bahslari boshqa kunga ko'chirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика