So’nggi yangiliklar

13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  0 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  9 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  3 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  5 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  7 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Qo'qon-1912"ga beshta gol urdi, CHerandan poker Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" "Qo'qon-1912"ga beshta gol urdi, CHerandan poker

Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "Paxtakor" – "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 

 

Bahsning 29-daqiqasida Oybek Rustamov tomonidan uzatilgan to'pni Javohir Sidiqov jarima maydoni tashqarisidan darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

34-daqiqada Abbosbek Fayzullaevning kuchli zarbasidan keyin Islom Abdullaev to'pni o'z qarshisiga qaytardi, qaytgan to'pni CHeran darvozaga yo'lladi - 1:1. 

Oradan 5 daqiqa o'tgach, chap qanotdan Sayfiev uzatgan to'pni CHeran darvozaga aniq yo'lladi - 2:1.

Birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Oybek Rustamov supergol muallifiga aylandi - 2:2. Birinchi taymda durang qayd etildi. 

50-daqiqada Sayfievning havodan uzatgan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 3:2. Mavsumdagi ilk xet-trik sohibi - Dragan CHeran!

59-daqiqada Turg'unboev uzatgan to'pni Sobirxo'jaev gol bilan yakunladi - 4:2.

78-daqiqada Aziz Turg'unboev penalti ishladi va uni Dragan CHeran golga aylantirdi - 5:2. CHeran mavsumdagi ilk poker sohibiga aylandi va gollari sonini 14taga etkazdi. Uchrashuvda 5:2 hisobi qayd etildi.


"Paxtakor" – "Qo'qon-1912" 5:2

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Oybek Kalaxo'jaev, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30

Gol: Javohir Sidiqov 29, - 0:1 (Oybek Rustamov). Dragan CHeran 34, - 1:1. Dragan CHeran 39, - 2:1 (Farruh Sayfiev). Oybek Rustamov 45+2, - 2:2. Dragan CHeran 50, - 3:2 (Farruh Sayfiev). Sardor Sobirxo'jaev 59, - 4:2 (Azizbek Turg'unboev). Dragan CHeran 78 penalti, - 5:2.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev, 10.Dragan CHeran, 17.Doston Hamdamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (32.Behruzbek Asqarov, 84), 34.Farruh Sayfiev, 42.Abbosbek Fayzullaev (6.Ikromjon Aliboev, 70), 77.Dostonbek Tursunov, 88.SHahzod Azmiddinov

Zaxira33.Eldorbek Suyunov, 5.Oleksandr Nasonov, 13.Ilya Martinovich, 28.Diyor Xolmatov, 63.Muhammadali O'rinboev

"Qo'qon-1912": 21.Islom Abdullaev, 5.Slavko Lukich, 10.Javohir Sidiqov, 11.SHohnazar Norbekov, 13.Sardor Azimov (27.Anvar Xojimirzaev, 80), 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 23.Aleksandr Merzlyakov (4.Ilhom Vahobov, 46), 33.Ivan Yosovich (14.Avazxon Mamatxo'jaev, 16) (6.Dilshod Rahmatullaev, 55), 70.Bilolxon Toshmirzaev (8.Sanat SHixov, 55), 77.Murod Xolmuhammedov (s)

Zaxira: 1.Muzaffar Abdullaev, 9.Andrey Sidorov, 20.Murodjon Komilov, 22.Sardor Etovqo'ziev, .

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика