So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  14 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  1 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  31

Coca Cola Superligasi. "Andijon" 13 yildan so'ng "Paxtakor" bilan safarda durang o'ynadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Andijon" 13 yildan so'ng "Paxtakor" bilan safarda durang o'ynadi

Teglar :  Andijon Paxtakor
Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Coca Cola Superligasi, 8-tur
PAXTAKOR – ANDIJON - 1:1
29 iyun 2023 yil. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Vadim Agishev, Islom Azimov, SHerzod Azamov, Mamurjon Ilhomov
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
AVAR: Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: SHohruh Said

Gollar: Hojiakbar Alijonov 53, - 1:0. Rubin Xebay 78, - 1:1 (Sardor Abdunabiev).

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Dostonbek Tursunov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 67), 10.Dragan CHeran, 14.Abbosbek Fayzullaev, 17.Dostonbek Hamdamov (77.Dilshod Saitov, 46), 27.Sardor Sobirxo'jaev (88.SHahzod Azmiddinov, 82), 28.Diyor Xolmatov, 34.Farrux Sayfiev.
Zaxira:
1.Nikita SHevchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 15.Giorgi Papava, 16.Rustam Turdimurodov, 30.SHahzodbek Rahmatullaev, .

"Andijon": 72.Igor Litovka, 4.Dilshodjon Komilov, 8.Farhodbek Bekmuratov (23.SHerzod Esanov, 65), 9.Levan Arveladze, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov (10.Ilhomjon Abdug'aniev, 65), 66.Ilhomjon Alijonov, 88.Nodari Kavtaradze (11.Sardor Abdunabiev, 22), 99.Rubin Xebay (7.Boburbek Farhodov, 90+4).
Zaxira:
12.Mohirbek Komilov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 19.Suhrob Berdiev, 28.Islombek Mamatkazin, 77.Izzatillo Abdulhaqov.




MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+7. O'YIN TUGADI! "Paxtakor" - "Andijon" 1:1. "Andijon" oxirgi marotaba 2010 yil poytaxtdan ochko bilan qaytgandi (0:0).

90+5. UXXXX! Esanov hozir birga bir vaziyatga chiqib Quvvatovni aldab zarba berdi, noaniq!

90+4. O'zgarish. "Andijon". Xebay o'rniga Farhodov tushdi

90+3. ZARBAAA! "Paxtakor"ning uzoq davom etgan hujumi CHeranning zarbasi bilan tugadi, noaniq! 

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

87. ZARBAAA! Abdunabievning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi Saitovga tegib maydonni tark etdi

82. O'zgarish. "Paxtakor". Sobirxo'jaev o'rniga Azmiddinov tushdi

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rubin Xebay 1:1. Abdunabievdan to'pni qabul qilib olgan Xebay ajoyib gol urishga erishdi! 




74. ZARBAAAAA! Sardor Abdunabievning zarbasidan keyin Quvvatov jamoasini goldan qutqardi!

67. O'zgarish. "Paxtakor". Turg'unboev o'rniga Xoldorxonov tushdi

65. O'zgarishlar. "Andijon". Toirov va Bekmurotov o'rniga Abdug'aniev va Esanov tushdi

64. ZARBAAAA! Sohibjonovning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Abdunabiev zarba berdi. Zarbani Quvvatov qaytardi

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hojiakbar Alijonov 1:0! CHeranning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Litovka to'pni qaytardi, darvoza to'sinidan qaytgan to'pni Alijonov darvozaga yo'lladi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi.

46. O'zgarish. "Paxtakor". Hamdamov o'rniga Saitov tushdi



45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45+2. "Paxtakor" burchak to'pidan keyin xavfli vaziyat vujudga keltirdi, ammo golgacha etib bormadi

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

42. ZARBAA! Burchak to'pidan keyin Hojiakbar Alijonov zarba berdi, noaniq

38. VAR yordamida Agishev golni bekor qildi. Sababi CHeran gol urilishidan oldin Ilhom Alijonovni qo'pollik bilan yiqitgandi, hisob 0:0

38. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Abbosbek Fayzullaev burchak to'pidan keyin boshi bilan gol urdi - 1:0

30. Xavfli vaziyat! Farruh Sayfiev birga bir vaziyatga chiqib bordi va jarima maydoniga kirmay, noaniq zarba berdi!

22. O'zgarish. "Andijon". Jarohat olgan Nodari Kavtaradze o'rniga Sardor Abdunabiev tushdi

20. Nodari Kavtaradzega tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Uni zambilda maydon tashqarisiga olib chiqib ketishdi...

17. ZARBAAAA! Kavtaradzening zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qaytardi!

17. UXXX! "Andijon"ning hujumi, Xebayning aqlli to'p uzatishidan keyin Kavtaradze birga bir vaziyatga chiqib ketishga yaqin edi, Quvvatov chaqqonroq chiqdi

11. Xavfli vaziyat! "Paxtakor"ning ilk hujumi, Turg'unboevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin Litovka to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni Sobirxo'jaev darvozaga yo'lladi, noaniq! 

10. Hamrobekov Xebayga nisbatan qo'pol o'ynadi, maydon markaziga yaqin joyda

4. ZARBAAA! Nodari Kavtaradzening jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi! 

2. Bahsni "Andijon" faol boshladi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика